O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdiboyeva Tamara

Abdiboyeva Tamara    Sizga tanishtirmoqchi bo‘lganimiz O‘zbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasi Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi Abdiboyeva Tamaradir.
  Tamara Abdiboyeva 1952 yil 2 noyabrda Toshkent viloyatining Do‘rmon qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi. 1969 yili 23 - o‘rta maktabni bitirib, 1970 yil Qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirdi. 1976 yil shu institutni buxgalter - iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tugatdi.
  T. Abdiboyeva o‘z ilmiy faoliyatini 1985 yilda O‘rta Osiyo Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy ilmiy - tekshirish institutida aspirantlikdan boshladi. 1989 yilda mazkur institutning ixtisoslashgan ilmiy kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.
  1989 yildan 1999 yilgacha Makroiqtisod va statistika vazirligi, “Bozor munosabatlari o‘quv - konsalting markazi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi.
  1999 yildan 2001 yilgacha O‘zbekiston Resnublikasi Soliq Qo‘mitasi Soliq kolleji Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasida katta o‘qituvchi vazifasini bajardi.
  T. Abdiboyeva 2001 yil avgust oyidan xozirgi kungacha Soliq Akademiyasnning “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida katta o‘qituvchi va 2003 yil 20 yanvardan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Umumiy ilmiy - pedagogik ish staji 24 yil. Shu kungacha umumiy ish hajmi 30 bosma taboqdan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlari tayyorlanib chop etilgan. Ilmiy va uslubiy seminarlarda, konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashib keladi.
  Hozirgi vaqtda Tamara Abdiboyeva bakalavriyatning kunduzgi bo‘lim, bir yillik qayta tayyorlash va malaka oshirish guruhlarida Buxgalteriya xisobi asoslari, Moliyaviy va boshqaruv hisobi fanlari bo‘yicha ma’ruza hamda amaliy darslarini olib bormoqda. Kafedra va Akademiya professor - o‘qituvchilari, talabalari orasida katta hurmatga ega. U oilali, 2 farzandning onasi. Oilangiz va farzandlaringiz baxti umringizga ko‘rk bersin, Tamaraxon Shogirdlar kamoloti ko‘nglingizga doim nur bag‘ishlasin.   



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5