O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdieva Oyjamol Tashbaevna

    Abdieva Oyjamol Tashbaevna 1961 yil 30 yanvarda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘rta ma’lumot chiqarib bo‘lgandan so‘ng, ilm istab Toshkentga keladi va Toshkent Davlat universiteti (xozirgi Milliy universitet)ning biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kiradi. Izlanuvchan, tirishqoq talabaning kelajagi borligini ustozlar payqashgan edi. Shuning uchun xammadan ko‘ra talab unga nisbatan kuchlirok bo‘lgan, darsdan tashqari ishlarda faol xisoblangan Oyjamol talabalarning turli tadbir va kechalarida ham bosh-qoshlik qilgan. Ustozlarining umidli shogirdi va suyanchig‘i bo‘lgan o‘sha kezlari. Ilmiy izlanishlari talabalik yillaridayok tilga tushgan. 1985 yil universitetni muvaffaqiyat bilan tamomlaganidan so‘ng to‘g‘ridan- to‘g‘ri qadrdon viloyati — Namangan sari yo‘l oldi. Malakali mutaxassislar u yerda hammadan xam ko‘prok kerakligini his etardi u. Bu yerda O.Abdieva yosh yigit-qizlarni biologiya, kimyoning sirli olamiga boshlab kirdi. Mazmunli, qiziqarli ma’ruzalari bilan talabalarning xurmatini qozondi. Shuning barobarida ilmiy izlanishlarini xam davom ettirdi. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida ijodiy faollikni oshirish borasida yangiliklar yaratdi. 1991— 1994 yillar davomida Moskva Davlat pedagogika universitetining aspiranti bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay Oyjamol Abdieva pedagogika fanlari nomzodi bo‘ldi. Yigirmaga yaqin maqolalari chop etildi.
    2002 yil uning uchun ayniqsa quvonarli keldi. «Ustoz» jamg‘armasining yo‘llanmasi bo‘yicha u Xitoy Xalq respublikasida bir oylik malaka oshirish o‘qishlarida bo‘lib qaytdi. Ulardan ilg‘or texnologiyalarni o‘rganib, bizning milliy ta’lim tizimimiz o‘ziga xosliklari bilan o‘rtoqlashdi, tajriba almashdi. Serg‘ayrat va talabchan ustoz talabalarning barcha savollariga javob topa oladi, ularning eng yaqin maslaxatchisiga, sirdoshiga aylangan. Yoshlar bilan bu qadar dillashadigan Oyjamol Abdieva ximiya-biologiya fakultetining xotin-qizlar qo‘mitasi raisi xamdir. Bu soxada xam qator ishlarni amalga oshirgan. Rejalari ham yetarli.
    Oyjamol Abdieva qalbi qaynok zamondoshlarimizdan. Uni xech ham bekor o‘tirganini ko‘rmaymiz. Yo kutubxonada ilmiy izlanishlar qiladi, yoki mashg‘ulotlarda bo‘ladi, yo bo‘lmasa talabalar davrasidan topasiz. Yana hamma jamoatchilik topshiriqlaridan ortib, gulday oilasining rejali bekasi bo‘lib, farzandini oq yuvib, oq taraydi. Ko‘ni-qo‘shnilari, maxalla-ko‘y ko‘nglini oladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80