O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdujabbarova Musallam

Abdujabbarova Musallam    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i Abdujabborova Musallam Lapasovna o‘z tanlagan kasbi, ilmiy salohiyati, jamiyatdagi faol hayoti, ahil, hamma havas qilgulik oilasi, komil, ilmli farzandlari ortidan boshini baland tutib, o‘z yutuklaridan faxr bilan so‘zlay oladigan baxtiyor o‘zbek ayollaridan. U bularning bariga o‘z halol mehnati, ilmi, intilishlari va yaxshi niyatlari ortidan erishganligini ta’kidlaydi. Uning hayotdagi shiori – “Intilganga tole yor”.
    Musallam Abdujabborova Samarqand davlat universitetini bitirgan. 2007 yilda “O‘smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika ishlarining ijtimoiy - pedagogik asoslari” (mahalla fuqarolari yig‘inlarining diniy - ma’rifat va ma’naviy - axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati misolida mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bir nechta ilmiy metodik qo‘llanmalar, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olimaning ustozi, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova bilan hammualliflikda yaratgan “Ijtimoiy - huquqiy xatar guruh o‘smirlar ma’naviyatini shakllantirish” nomli metodik qo‘llanmasi tezkor globallashuv davrda respublikamizdagi o‘smir yoshlar tarbiyasi, ularni turli xil yot illatlardan asrash, ularning ma’naviyati, milliy tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy faolligini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish kabi dolzarb masalalarni amalga oshirishda respublikamizdagi o‘rta maxsus hamda umumta’lim, oliy ta’lim muassasalari fuqarolik jamiyati institutlari ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul mutasaddilar, mahalla maslahatchilari ish faoliyatida dasturulamal bo‘lib qo‘llanilmoqda. Shuningdek, Musallam Abdujabborovaning “Momom aytgan o‘gitlar” risolasi respublikamizdagi o‘smir qizlar, bo‘lajak oila bekalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oiladagi ayolning vazifalari, pazandalik sirlari, momolar oshxonasi, ya’ni qadimgi tansiq taomlar sirlari, farzand tarbiyasiga yondashuv, erkak qalbiga yo‘l kabi masalalarga yechim topasiz.
    Dotsent Musallam Lapasovna o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish yuzasidan “Kasb ta’limi” yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv - uslubiy majmualar yaratmoqda. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
    Musallam Abdujabbarova “Pedagogika”, “Kasbiy pedagogika” fanlaridan dars mashg‘ulotlarini yuqori pedagogik darajada olib boradi. Innovatsion pedagogik texnologiyalardan dars jarayonlarida unumli foydalanib kelmoqda. Shuningdek, olima sport sohasining qo‘l tennis bo‘yicha bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanishni xush ko‘radi. Dam olish kunlarida oila a’zolari o‘rtasida qo‘l tennisi bo‘yicha musobaqalar uyushtirish doimiy odatga aylangani haqida gapirib zavqlanadi.
    Musallamxon oilali, ikki farzandning onasi. Qizi Nilufar va o‘g‘li Sardorbek ham ilmdagi yutuqlari, jamiyatda tutgan o‘rinlari, hamma narsaga o‘z mehnatlari, intilishlari ortidan erishishlari bilan ota - ona ko‘ksini tog‘dek ko‘tarishmoqda. Ona uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10