Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori
1979 yil 9 aprelda Rishton tumani To‘da qishlog‘ida tug‘ilgan. 1993 yil tumandagi 7 - sonli umumta’lim maktabining 9 - sinfini bitirib, Farg‘ona shahridagi Respublika harbiy litseyiga o‘qishga kirgan. 1996 yilda litseyni tamomlab, IIV akademiyasiga o‘qishga qabul qilingan. Akademiyani 2000 yilda tamomlab, Marg‘ilon shahar IIB Tergov bo‘limiga tergovchi lavozimiga tayinlangan.
2003 yilning mart oyida Marg‘ilon shahar IIB TB narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlarini tergov qilishbo‘yicha bo‘linma boshlig‘i lavozimiga tayiilangan.
2005 yil IIV akademiyasining Oliy akademik kursiga o‘qishga kirib, 2006 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan va shu yil noyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov bosh boshqarmasining Tergov faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat etish va axborot tahlil ta’minoti boshqarmasi Tergov faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2017 yilning iyun oyiga qadar bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shu yillar davomida vazirlik akademiyasining malaka oshirish fakultetida zobitlar va talabalarga ma’ruza o‘qigan.
2017 yil iyun oyidan Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
2008 yildan buyon IIV akademiyasida mustaqil izlanuvchi hisoblanadi. “Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari” mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish bo‘yichailmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mavzuga taalluqli 20 dan ortiq ilmiy maqolalar va “Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilish amaliyoti” uslubiy qo‘llanmasi muallifi. Vazirlikning mas’ul xodimi sifatida xalqaro seminar va konferentsiyalarda, jumladan, 2014 yil noyabr oyida AQShning Vashington va Massachusets shtatida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyalarda ma’ruza bilan ishtirok etgan.
Hozirgi kundao‘z ilmiy mavzusi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiyasini himoya qilish uchun Ixtisolashgan Kengashga topshirgan. Dissertatsiya himoyasida unga muvaffaqiyatlar tilaymiz.