O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullabekov Qahhorbek Nosirbekovich

Abdullabekov Qahhorbek Nosirbekovich (1942, Toshkent) - geofizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya institutida katta ilmiy xodim (1974 yildan), laboratoriya boshlig‘i (1977 yildan), 1989 yildan direktor. Asosiy ilmiy ishlari zilzila xavfini aniqlash, geofizik usullar majmui yordamida zilzilalarni oldindan aytish muammolariga doir. Abdullabekov Qahhorbek elektromagnit zilzila darakchilarining namoyon bo‘lish qonuniyat-zilzilalarni oldindan aytishning uch yangi usulini ixtiro qilgan va fanda ilgari noma’lum bo‘lgan zilziladan oldin Yer qobig‘idan kuchli-elektromagnit to‘lqinlari ajralib chiqishini aniqlagan, ba‘zi kuchli zilzilalarning yuz berish joyi, kuchi va vaqtini (boshqa olimlar bilan hamkorlikda) oldindan aytib bergan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

img

Электромагнитные явления в земной коре

    В  монографии  изложены  результаты  многолетних  исследований 
электромагнитных  явлений, связанных с сейсмотектоническими 
процессами в земной  коре Узбекистана.  Приведены  результаты  изучения  вариаций  магнитного  и  импульсного  электромагнитного  полей  на  геодинамических  полигонах и в эпицентрах сильных  

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar30



Ijtimoiy-gumanitar fanlar15



Tabiiy fanlar40



Filologiya15