O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullaxodjayeva Malika Samatovna

Abdullaxodjayeva Malika Samatovna    E’tiqod... U insonni ushlab turadigan bir tayanch nuqtasi, orzulariga qanot beradigan mo‘jiza, unga kuch beradigan hayot chashmasi... E’tiqod tushunchasi... Unga har kim o‘zicha talqin beradi. Biroq men yurtimiz ilm - fani rivojiga o‘z umrini bag‘ishlagan, tunni kunga ulab o‘qib - o‘rgangan, ilmning igna bilan quduq qazish barobaridagi mashaqqatli zahmatlarini mardona yenggan, mardu maydon, zabardast, zukko olima ayollar timsolida uni ko‘rgandek bo‘laman. Bu ilmga bo‘lgan e’tiqod, xalqiga, yurtiga, Vataniga bo‘lgan e’tiqod tushunchasi bilan chambarchas bog‘langandir. Bular bir - birini to‘ldiradi, insonni sayqallaydi, e’tiqodi mustahkam bo‘lgani sayin o‘zi ham yuksala boradi. Respublika patologik anatomiya markazi direktori, akademik, O‘zbekiston qahramoni, yurtimiz ilm - fani rivojiga sezilarli ulush ko‘shgan, qo‘shayotgan, taniqli olima, mehri daryo ustoz, zukko rahbar, mahoratli tashkilotchi Abdullaxodjaeva Malika Samatovna ana shunday e’tiqodi kuchli, ilm yo‘lida fidoyi inson. Balki 80 yoshdan oshsada, hanuz qalbida g‘ayrati, niyatlari, intilishlari bisyor bu zabardast olimaga o‘sha kuchli e’tiqodi tayanch bo‘layotgandir... Nima bo‘lganda ham biz ulardan faxrlanamiz, ilm - fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissalarini e’tirof etamiz, ular kabi bo‘lishga intilamiz, ulardan o‘rganishga oshiqamiz...
    Akademik Abdullaxodjaeva Malika Samatovna Respublika patologik anatomiya markazi tashkil topganidan buyon birinchi direktori. 1956 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini a’lo baholar bilan tugatgan. 1960 yilda kandidatlik, 1968 yilda doktorlik dissertatsi - yalarini yoqladi. 1969 - 1990 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot institutining patanatomiya kafedrasiga, 1990 - 2000 yillarda 2 - Toshkent Davlat Tibbiyot institutining patanatomiya kafedrasiga rahbarlik qildi.
    Abdullaxodjayeva Malika Samatovna O‘zbekiston Respublikasida patanatomiya xizmatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. 1972 - 1977 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bosh patanatomi lavozimida faoliyat yuritdi. Uning tashabbusi bilan 1988 yilda Respublika patologik anatomiya markazi tashkil qilindi. 1992 yilda uning yangi binosi qurib bitkazildi va Markaz mustaqil faoliyat yurita boshladi. 
    Shu yili patologik xizmat markazlashtirilib, viloyatlarda byurolar tashkil qilindi. Hozirgi paytda 15 ta viloyat va 4 ta tuman byurolarida telemeditsina tizimi joylashtirilgan. Malika Abdullaxodjayevaning tashabbusi bilan tashkil qilingan bu tizim biopsion, autopsion va operatsion materiallar bo‘yicha tashxis qo‘yishda masofadan maslahat berish va uzoq mintaqalar shifokorlarini masofadan o‘qitishga xizmat qilmoqda.
    Akademik Abdullaxodjayeva Malika Samatovna serqirra ilmiy - pedagogik faoliyat ham olib bordi. U 15 ta monografiya, 11 ta mualliflik guvohnomasi, patologik anatomiyadan 3 - kurs talabalari uchun birinchi milliy darslikning muallifi. Oxirgi yillarda uning asosiy ilmiy izlanishlari onalar, perinatal va infeksion patologiyalar muammolariga bag‘ishlandi. Uning rahbarligida 1 ta fundamental, 5 ta amaliy va 3 ta innovatsion ilmiy loyiha amalga oshirildi. Uning rahbarligida 70 dan ortiq kandidatlik va 18 ta doktorlik dissertatsiyasi yoqlandi.
    Taniqli olima sifatida Malika Abdullaxodjayeva vatanimiz ilmiy yutuqlarini Yevropa, Osiyo va Amerikaning ko‘plab davlatlarida namoyish qildi. 1985 - 1990 yillarda u Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotida (JSST, Jeneva sh.) ilmiy konsultant, Maslahatchi va JSST Eksperti lavozimlarida faoliyat yuritdi.
    Olima Abdullaxodjayeva Malika Samatovnaning hayot yo‘li, e’tiqodi, irodasi, ilmu salohiyati yoshlar uchun hamisha katta ibrat maktabidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5