O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayev Murodjon Tursunovich

Abdullayev Murodjon Tursunovic    Murodjon Tursunovich Abdullayev 1960 yil 3 sentyabrda Namangan viloyati  To‘raqo‘rg‘on tumani Katta Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1977 yilda shu qishloqdagi 14 - o‘rta maktabni tamomlagan. Kimyo faniga  bo‘lgan qiziqishi  tufayli u Toshkent davlat universitetining  kimyo fakultetiga o‘qishga kirib, 1986 yilda mazkur universitetning kimyogar - o‘qituvchi mutaxassisligini tugatgan.
    1981 - 1983 yillarda Samarqand shahrida harbiy xizmatni o‘tagan.
    M. T. Abdullayev mehnat faoliyatini 1986 yil Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani agrosanoat birlashmasiga qarashli agrokimyo laboratoriyasida agrokimyogar muhandis sifatida boshlagan.
    1987 - 1992 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanlararo qishloq xo‘jalig‘ini kimyolashtirish birlashmasida aerodrom boshlig‘i va o‘simliklarni himoya qilish stantsiyasida kuzatuv punkti mudiri lavozimlarida ishlagan.
    1992 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik pedagogika institutining umumiy kimyo (hozirda kimyoviy texnologiya) kafedrasida ilmiy xodim, assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ilmiy - pedagogik faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U ish faoliyati davomida ham, aspirant sifatida ham yangi murakkab (fosforli o‘g‘itlarning agrokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi.
    2003 yilda ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davdat qo‘mitasi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti Ixtisoslashgan kengashida “Yangi murakkab o‘g‘itlar, ularning mikroelamentli shmpozitsiyalarining tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosil dorligiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
    M. T. Abdullayev hozirgi kunda O‘zFAning Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy - tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda urug‘lik chigitni qobiqlash texnologiyasini takomilashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
    Olim 25 ta ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar va 1 ta ixtiro uchun patent muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5