O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayev Nizomxo‘ja

Abdullayev Nizomxo‘jaFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1927  yil 15 iyunda Rishtonda, taniqli shoir va olim Mirzaabdulla Boqiy  oilasida  tug‘ilgan. Tumandagi 1 - maktabda o‘qigan.
  1944 - 1947 yillarda  Yangiyo‘l shahrida  turli  lavozimlarda ishlagan. 1947 - 1949 yillarda  Marg‘ilon  davlat  o‘qituvchilar  institutida  imtiyozli  stipendiya  bilan o‘qigan.
  1949 - 1952 yillarda Rishtondagi maktablarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1952 yildan 1955 yilgacha maktab direktori vazifasini bajargan. 1955 - 1962 yillardao‘rta maktabda o‘qituvchilik qilish bilan bir qatorda, Farg‘ona davlat pedagogika institutida sirtdan o‘qigan. Institutni bitirib, 1962 yildan 1964 yilgacha O‘zbekiston FA qoshidagi Pushkin nomli til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan.
  1964 - 1976 yillar mobaynida Qo‘qon davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va dotsent vazifasini bajaruvchi, 1976 yildan 1984 yilgacha mazkur institutda o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri vazifalarida ishlagan.
  N. Abdullayev 1973 yil 19 sentyabrda “Haydar Xorazmiy va uning “Maxzan ul - asror” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Uning shu nomli monografiyasi hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Olim o‘z izlanishlari natijasida XII asr namoyandasi Nizomiy Ganjaviy va XV asr shoiri Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul - asror” asarini muqoyasaviy tahlil qilib, Xorazmiy hayoti va ijodi haqida yangi ma’lumotlarni keltirgan. U Xorazmiyning shu nomli asari Ganjaviyning “Maxzan ul – asror”iga nazira tarzida bitilganini isbotlab bergan.
  N. Abdullayev nafaqat adabiyotshunos olim, balki yetuk insonshunos, kishilar qalbini har qanday holatda tushuna oladigan sezgir maslahatchi va kelajakka ishonch bilan qarovchi olim edi. Umuman, undagi olimlik, bilimdonlik, kasbga bo‘lgan fidoyilik, dil bilan til birligi kabi xislatlar ulkan ibrat namunasi edi. U 1984 yil 29 iyunda kasallik tufayli vafot etdi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80