
Abdullayev Vohid Abdullayevich (1912.15.5 - Samarqand - 1985.30.7) -adabiyotshunos. O‘zbekiston FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960). 1932 yil Farg‘ona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935 - 1943 yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining , 1944 - 1969 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963 yildan shu universitet rektori. 1930 yildan she’rlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. “Samarqand sayli” (1970) she’riy kitobi nashr etilgan. “Navoiy Samarqandda” (1948), “Nishotiy va uning “Husni Dil” dostoni”, “Xoksor va uning “Muntaxab ul-lug‘ot” kitobi” (1955), “Nishotiy va Xoksor” (1960), “O‘zbek adabiyoti tarixi” (1964), “Saylanma” (1982) kabi kitoblari o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bag‘ishlangan. Abdullayevning oliy o‘quv yurtlari uchun “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida XVII – XIX asrlardagi o‘zbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan.