O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayeva Muborak

Abdullayeva Muborak    Ilmning cheki chegarasi yo‘q. Inson umrining oxirigacha o‘qib - o‘rgansa ham ilmning poyoniga yetolmaydi . . . U hamisha donishmandlar qoldirgan bitiklarga, ustozlar o‘gitiga, ular yozgan kitoblarga tayanib, bilib, anglab boradi, ma’lum sohaga mehr ko‘yadi. Muborak Abdullayeva ham bir vaqtlar o‘zi o‘qigan, ustozlarning ma’ruzalariga jon dili bilan quloq tutgan auditoriyalarda o‘zi bugun yoshlarga bilim bermoqda. Endi unga ham havas qilib, har bir so‘zini ilib olayotgan shogirdlari bisyor.
    O‘zbekiston Milliy universitetining “Biokimyo” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Abdullayeva Muborak Maxsumovna mehnat faoliyatini ham ana shu universitetda kafedrada katta laborantlikdan boshlab, professor darajasigacha bo‘lgan ilmning mashaqqatli yo‘llarini bosib o‘tgan.
    Muborak Abdullayeva 1990 yilda “Issledovanie fosfolipidov semyan xlopchatnika pri prorastanii” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2006 yilda esa “Nekotorne zakonomernosti prevravdeniya fosfolipidov v semenax xlopchatnika i drugix vmsshix rasteniy v protsesse ix prorastaniya i sozrevaniya” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishga erishgan.
    Abdullayeva Muborak Maxsumovna tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan, shu bilan birga 3 ta patent muallifi hisoblanadi. Respublika va xorijda o‘tkazilgan bir qator anjuman va simpoziumlarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.
    Olima o‘zining ko‘p yillik pedagogik va ilmiy faoliyatida yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash, ilmiy faoliyatini rivojlantirish sohasida katta ishlar qilgan:
    -    O‘zbekistonda oliy ta’lim taraqqiyotini rivojlantirish;
    -    Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
    -    Mustaqil fikrlovchi bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatining shakllanishida zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarni qo‘llash;
    -    Respublikada ilm - fanni rivojlantirish bo‘yicha:
    -    Davlat byudjeti mablag‘i bilan ta’minlangan O‘zR FTDQ buyurtmasi asosida bajariladigan «Izuchenie mexanizmov fermentativniyx vzaimodey- stviy inozita s 
    fosfolipidami rasteniy» mavzusidagi ilmiy - tadqiqot ishiga rahbarlik qilgan.
    Hozirda “Bir qator o‘simliklarda fosfolipidlar almashinuviga oksigumatning ta’siri” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishiga rahbarlik qilib kelmoqda. Jamoat ishlarida faol ishtirok etgan.
    O‘zMUda til komissiyasining a’zosi sifatida o‘zbek tilini takomillashtirish bo‘yicha va hujjatlarni lotin alifbosida olib borish bo‘yicha bir qator ishlar olib borgan. Hozirgi kunda shular bilan bir qatorda Respublika Ta’lim markazining ilmiy - metodik kengashi a’zosi sifatida turli tashkiliy va tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
    Yosh avlodning bilimini oshirish va har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash bo‘yicha:
    -    Tibbiyot akademiyasi qoshidagi litseyda “Hozirgi biokimyo fanining ravnaqi va organizmda ketadigan metobolitik jarayonlarning borishi” to‘g‘risida doimiy ravishda ma’ruza o‘qib keladi.
    Muborak Abdullayeva tomonidan xorijiy nashrlarda 20 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirilgan. Jumladan: “Izuchenie fosfolipidnogo sostava semyan xlopchatnika pri prorastanii”, “Rol fitaziy i fosfolipaziy v izmenenii fosfolipidov pri prorastanii semyan xlopchatnika”, “Gidrolitichseskaya i transalkiliruyushaya funktsii fosfolinaza D iz semyan xlopchatnika”, “Prevrashenie inozita pri razvitii semyan xlopchatnika”, “Vliyanie oksigumata na obmen fosfolipidov soi i araxisa pri prorastanii semyan”.
    Olimaning serqirra ilmiy va pedagogik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan munosib taqdirlangan. U ko‘p yillar davomida Oliy ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklarining faxriy yorliqlarini olishga sazovor bo‘lgan.
    Professor Abdullayeva Muborak Maxsumovna rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Hozirda yana bitta dissertatsiya himoyaga tayyorlab qilgan. Shu bilan birga uning rahbarligida ilmiy ishlarini olib borayotgan talaba Respublika olimpiadasi sovrindori bo‘ldi. Bugungi kunda 1 nafar mutaxassis doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5