Ichki kasalliklarni davolash bo‘yicha yetuk mutahassislaridan biri Oydin Abdullaeva 1952-yilda tug‘ildi. 1977-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatgan yosh shifokor 1982-yilgacha poliklinikada hokim bo‘lib ishladi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan tanlovda g‘olib chiqqan Oydinxon 1982-yilda shu vazirlikning diabetologiya va endokrinologiya laboratoriyasiga kichik ilmiy hodim sifatida ishga qabul kilindi. Ish bilan ilmiy tadqiqotni birga olib borgan shifokor 1990-yilda Kievdagi Endokrinologiya va modda almashuvi ilmiy-tadqiqot institutining mahsus kengashida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Uning qand kasalligi va yurak qon tomirlari faoliyati sohasidagi ilmiy izlanishlarning natijasi kengashda yaxshi baholandi.Yosh olima 1987-1993 yillarda Toshkent hakimlar malakasini oshirish institutida ishladi. 1994- yilda Buxoro tibbiyot institutiga ishga kelgan Abdullayeva Oydin ichki kasalliklari kafedrasi mudiri vazifasiga tayinlandi.Iqtidorli olima bir qator ilmiy maqolalar, uslubiy, qo‘llanmalar muallifi. U eng yaxshi shifokor sifatida O‘zbekiston kordiologlari 2-s’ezdiga (1988-yil), Ukrayina endokrinologlari 1-s’ezdiga (1987-yil), Butunittifoq endokrinologlarining III-s’ezdiga (1989 yil), ishtirok etgan. 1993-yildan Abdullayeva Oydin oliy toifali hokim-endokrinolog xisoblanadi