O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdullayeva Sharbat Zulfiqorovna

Abdullayeva Sharbat Zulfiqorovna    Abdullayeva Sharbat Zulfiqorovna 1958 YIL 22 yanvarda tug‘ilgan. 1975 yili S. Ayniy nomli 7 - o‘rta maktabni tamomlagan va shu yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirgan. Institutni 1979 yilda “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan. 1979 yildan hozirgi kungacha 25 yil davomida oldingi Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti, keyinchalik 1991 yildan boshlab Toshkent Moliya instituti jamoasida xizmat qilgan. Bank ishi kafedrasida assistentlik lavozimidan iqtisod fanlari doktori, professor darajasigacha ko‘tarilgan. 1994 yildan boshlab Bank ishi kafedrasi mudiri sifatida o‘z ilmiy - pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
  Sharbat Abdullayeva 1982 1985 yillarda Moskva Moliya instituti, hozirgi Rossiya Federatsiyasn Prezidenti xuzuridagi Moliya Akademiyasining kunduzgi aspiranturasida tahsil olgan. 1985 yilda Moliya, pul muomalasi va kredit yo‘nalishi bo‘yicha “Korxona aylanma mablag‘laridan foydalanishning samaradorligi va kreditning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  Sh. Z. Abdullayeva o‘z sohasinnng yetuk mutaxassisi, uzluksiz ta’lim tizimining tashabbuskorlaridandir. U Respublikada moliya va bank tizimi bilan bog‘lik me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda aktiv ishtirok etmoqda. Davlat ta’lim standartning bakalavr bo‘limi bo‘yicha Bank ishi yo‘nalishi, magistraturaning bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim standartini ishlab chiqishda, shu yo‘nalishlar bo‘yicha qator namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarini yaratishda yetakchi olim va mutaxassisdir.
  Sh. Z. Abdullayeva o‘quv jarayonini yuqori darajada olib boradi. Respublikada ilk bor o‘zbek tilida “Pul, kredit  va banklar” va “Bank ishi!” darsliklarini, chet ellik olimlar bilan hamkorlikda kator darsliklar va 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalarini, “Banklarda buxgalteriya xisobi asoslari”, “Bank risklari”, “Pul va iul tizimi” kabi bir necha fanlardan turli xil uslubiy - metodik qo‘llanmalarni yaratgan. Chet el va mahalliy ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chon etilgan.
  Sh. Z. Abdullayeva o‘quv - uslubiy, tarbiyaviy jabhalarda yetuk xodim va sohada tashabbuskor bo‘lish bilan birgalikda mustaqillik yillarida “Moliya, pul muomalasi va kredit” yo‘nalish bo‘yicha ilk bor doktorlik dissertatsiyasini qilgan iqtisodchi olimlarimizdan hisoblanadi. Uning raxbarligida qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda, himoya qilinmoqda. U 2000 yilda O‘zbekiston Respubliqasi Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
  Uning iqqi baxti bor. Biri oilasi, biri ish faoliyati, olima - pedagogligi. Sharbatxon Abdullayevaga bu ikki baxtu saodati bir - biridan kam bo‘lmasin, deymiz.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5