Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
1928 yil 1 oktyabrda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidagi Uchqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. 1947 yili Uchqo‘rg‘ondagi o‘rta maktabning 9 - sinfini tamomlab, 3 oylik o‘qituvchilik kursiga o‘qishga kirdi, so‘ng kechki maktabga ishga tayinlandi. 1948 yilda 10 - sinfni tamomlab, bir yillik o‘qituvchilik faoliyati bilan Toshkent davlat tibbiyot oliygohiga qabul qilindi .Umri davomida ham shifokor , ham o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 20 yil davomida Uchqshrg‘on, Aravon va Qizilqiya shaharlarida bosh shifokor , salkam 30 yil pedagogik faoliyat bilan shug‘ullandi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
A.Abdulxasanov 12 xil murakkab retsept mahsuloti ixtirochisidir. Uning ixtirosi 30 dan ziyod xastalikni davolashda yuqori samarga ega. 200 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar va risolalar muallifi. Farg‘ona davlat universitetida 1972 - 2008 yyillarda faoliyat olib borgan. MDHning Meditsina – parazitologiya jamiyati hamda Tibbiyot jug‘rofiyasi ilmiy Kengashi azosi bo‘lgan. Respublika Faxriy yorlig‘iga sazovor bo‘lgan.
U Sog‘liqni saqlash alochisi, Butnjahon Qizil Yarimoy jamiyati oliy ko‘krak nishoni , universitetda xizmat ko‘rsatgan dotsent unvoni sohibi bo‘lgan.