Fizika-matematika fanlari nomzodi
1976 - yil 14 yanvarda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan. Farg‘ona davlat universitetining matematika fakltetini 1998 yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi va o‘z faoliyatini shu yili universitet qoshidagi litsey - internetda matematika fani o‘qituvchisi lavozimida boshladi.
1999 yil may oyidan Farg‘ona davlat universiteti differentsial tenglamalar kafedrasining shogird - tadqiqotchi lavozimida faoliyatini davom ettirdi. A. Abduqodirov 2000 - 2003 yillarda kafedra aspiranti, 2004 - 2007 yillarda kafedra o‘qituvchisi , 2007 - 2009 yillarda fakultet dekani o‘rinbosari, 2009 yildan 2011 yilgacha umumiy matematika kafedrasi mudiri, 2011 yil mart oyidan 31 oktyabrgacha fizika - matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2011 yil oktyabrdan 2014 yil dekabrga qadar Farg‘ona politexnika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida ishladi.
Ilmiy faoliyatini 1998 - 1999 yillarda differantsial tenglamalar kafedrasida fizika - matematika fanlari doktori professor A. Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida shogird – tadqiqotchilikdan boshladi. 1999 - 2003 yillarda aspiranturada o‘qidi. Professor A.Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida “Tipi va tartibi buziladigan giperbolik tipdagi tenglama uchun chegaraviy masalalar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 2007 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.