Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori
1974 yil 14 fevralda Rishton shahrida tug‘ilgan. Tumandagi 27 - sonli o‘rta maktabni tamomlagan.
1991 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetiga o‘qishga kirgan. 1996 yili universitetni a’lo baholarga bitirgan. O‘qish davomida – 1993 - 1994 yillarda shu universitet qoshidagi “Kelajak ilmi” biznes maktabida, 1994 - 1995 yillarda AQSh - O‘zbekiston talabalar ayirboshlash dasturi bo‘yicha Chiko Kaliforniya davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida tahsil oldi.
1996 - 1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranturasida o‘qidi. 1998 yildan 2001 yilgacha Otaru kommertsiya universitetida (Yaponiya, Xokkaydo) “O‘tish iqtisodiyotli mamlakatlarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi” (“Vidiy potokov pryamiyx inostranniyx investitsiy v stranы s perexodnoy ekono mikoy”) mavzusidagi ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. 2001 - 2004 yillarda esa Xokkaydo universiteti (Yaponiya) iqtisodiyot fakultetida “O‘tish iqtisodiyotli mamlakatlarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiy siyosatning xilma - xilligi - O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida” (“Vidiy potokov pryamiyx inostranniyx investitsiy v stranm s perexodnoy ekonomikoy i raznovidnosti ekonomicheskoy politiki - na primere O‘zbekistana i Kazaxstana”) mavzusidagi dissertatsiyasi ustida ish olib bordi. Muvaffaqiyatli himoyadan so‘ng unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini oldi.
M. Abdurahmonovning iqtisodiyotning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan bir necha maqolalari xalqaro universitetlar va tashkilotlar jurnallarida e’lon qilingan. 2006 - 2008 yillarda Xokkaydo universitetida professor assistenti vazifasida faoliyat olib borgan.
U 2004 - 2006 yillarda “Koka - kola ichimligi O‘zbekiston” MChJning Toshkent shahri savdolari bo‘yicha menejeri, 2008 yildan boshlab Yaponiyadan bir qator mamlakatlarga avtomobillar, ularning ehtiyot qismlari, xo‘jalik buyumlarini sotish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi MTRUST Co Ltd . kompaniyasining bosh direktori vazifasida ishlagan.
Bugungi kunda 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning viloyatimizda amalga oshirilishida faol ishtirok etmoqda.