O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmanov Sultonboy

Abdurahmanov Sultonboy     Sultonboy Abdurahmonov 1959 yil 19 oktyabrda Namangan viloyati  To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Y.Oxunboboev nomli 26- o ‘rta maktabni  tuatgan.
    1977 - 1982 yillarda Samarqand  davlat arxitektura  -  qurilish institutining qurilish  institutining qurilish fakultetini “ Sanoat va fuqoro qurilishi”  mutaxassisligi  bo‘yicha imtiyozli tamomlab, institutning metall, yog‘och va  plastmassa konstruktsiyalari  kafedrasida muhandis, assistent  lavozimlarida ishlagan.
    1982 - 1984 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.
    1984 yildan boshlab Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasida assistent, 1990 yildan esa dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
    1986  - 1989 yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti hamda Moskvadagi Beton va temir - beton  ilmiy - tadqiqot institutining aspiranturasida tahsil olish bilan birga “Temir - beton konstruktsiyalarga temperatura, sovuq va issiq suvning nomarkaziy cho‘zuvchi kuch bilan birgalikdagi ta’siri”  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Pedagogik faoliyati davrida S. Abdurahmonov  10 dan ortiq maqola, 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmala hamda 2004 yilda kasb - hunar kollejlari uchun “Metallarni payvandlash” nomli darslik chop ettirgan.
    1998 yildan institutning ichki nazorat bo‘limi, 2001 yildan o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelmoqda. Shu bilan birga “Temir - beton konstruktsiyalarning nostatsionar sharoitlardagi ishi”  mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bu izlanishlar natijasida mahalliy sanoat chiqindilaridan tayyorlangan 1200  S haroratga chidamli temir- beton konstruktsiyalari 1991 yildan buyon O‘zbekiston va Qirg‘iziston respublikalarining g‘isht ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5