В монографии изложены результаты многолетних исследований электромагнитных явлений, связанных с сейсмотектоническими процессами в земной коре Узбекистана. Приведены результаты изучения вариаций магнитного и импульсного электромагнитного полей на геодинамических полигонах и в эпицентрах сильных землетрясений.
Aniq fanlar
Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.
Filologiya
Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Abdurahmonov G‘anijon Abdurahmonovich (1925.3.12, Farg‘ona) - tilshunos, O‘zbekiston FA akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1960), professor (1966). Farg‘ona pedagogika institutini tugatgan (1946). O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutida sektor mudiri (1958 - 66). Farg‘ona pedagogika instituti rektori (1966 - 71), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1971 - 78), Toshkent chet tillar institutining rektori I (1978 - 83). Toshkent pedagogika instituti rektori (1983-88), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi raisi (1990 - 91), O‘zbekiston FAning Tilshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi (1991 - 97). Abdurahmonovning asosiy ilmiy ishlari hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidagi qo‘shma sintaksisi asoslari, milliy tillarning taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan. Bir qancha darslik va qo‘llanmalar tuzgan: "O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi", 1973; "Qadimgi turkiy til", 1982; "O‘zbek tili", 1993; "Ona tili", 1995; "O‘zbek tili va adabiyoti", 1995.