O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abdurahmonova Zuhra Erkinovna

Abdurahmonova Zuhra    Insonning ma’naviy kamoloti, madaniyati va jamiyatda tutgan o‘rnida, albatta, asosiy mezon, asosiy poydevor u tarbiya topgan oila, unga ibrat bo‘lolgan ota - onaning hayotidir. Zuhra Abdurahmonova ham ota - onaga havas, ulardan faxr tuyg‘usi bilan voyaga yetdi. Ayniqsa, otasi taniqli olim, akademik - Yusupov Erkin Yusupovichning ilm bilan bog‘langan hayot yo‘li uning uchun katta ibrat maktabi bo‘ldi.
  ToshDU (Hozirgi O‘zMU )ning falsafa fakultetini tugatgan Zuhra Abdurahmonova o‘z mehnat faoliyatini 1991 yili ana shu universitetda katta o‘qituvchilikdan boshladi. 2009 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasining dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.
  Abdurahmonova Zuhra Erkinovna o‘zining ilmiy izlanishlari, ish faoliyatini boshlashda aniq maqsadini belgilab oldi. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlari natijasi sifatida 2006 yilda “Yoshlarda milliy birlik tuygusi shakllanishining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik ilmiy dissertatsiya ishini himoya qildi.
  Olima 90 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. U psixologiya sohalarini ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Jumladan: “Milliy birlik tuyg‘usining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” nomli monografiya, “Pedogogika. Psixologiya” (o‘quv qo‘llanma), “Din psixologiyasi” metodik qo‘llanma, “Balki noyob odamdirsiz” psixologik testlar to‘plami, “Milliy birlik va milliy manfaatlar” kitobi, “Psixologiya fanidan test topshiriqlari”, “O‘zingni bil, o‘zingni angla” (metodik qo‘llanma), “Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanishining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari” (uslubiy qo‘llanma), “Milliy istiqlol g‘oyasining xalqni birlashtirishdagi o‘rni va roli” (o‘quv metodik qo‘llanma), “Vatanparvarlik tuyg‘usi” (metodik qo‘llanma), “Zamonaviy psixologiya va oila muammolari”, “Abdulla Avloniyning ijtimoiy falsafiy va psixologik narashlari”, “Ma’naviyat ichki ruhiy jarayon sifatida” va shu kabi ko‘plab kitob va ilmiy maqolalar muallifi. Respublika ilmiy jurnallarida maqolalari chop etilgan. Xalqaro ilmiy - nazariy konferentsiyalarda, Respublika ilmiy - nazariy anjumanlarida muntazam ilmiy maqolalari bilan ishtirok etadi.
  Zuhra Abdurahmonova fakultet va kafedra ma’naviy - ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etadi. Bundan tashqari u Respublikada psixologiyaga tegishli amaliy ishlarda faol qatnashib, televideniye va radioda psixolog sifatida muntazam chiqishlar qilib turadi. Mahallalarda oilaviy masalalar bo‘yicha o‘sib kelayotgan yoshlarga psixolog maslahatlarini berib turadi. Kafedrada himoya qilinayotgan bakalavr va magistrlik ishlariga ilmiy rahbarlikni ham olib boradi. Olima ko‘plab psixolog shogirdalarning ustozi sifatida e’tibor qozongan.
  Zuhra Abdurahmonova turmush o‘rtog‘i falsafa fanlar doktori, professor, IIV polkovnigi Abdurahmonov Farhod Rahimjonovich bilan birgalikda to‘rt farzandni voyaga yetkazdilar. O‘z ajdodlariga munosib bo‘lib, oila an’anasini davom ettirayotan o‘g‘il - qizlarning bari oliy ma’lumotli. Zero, kattalar hayoti yoshlar uchun hamisha ibrat maktabidir. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5