Ayol egallagan sohalar bisyor. Uning egallagan kasbi, olib borayotgan ishlari, faoliyati uning fe’l - atvorini ham shakllantirib boradi. Bolalikdan intiluvchan, ilmga qiziqqan, huquqshunoslik kasbiga mehr qo‘ygan yosh Qumriniso shu sohaga o‘qishga kirdi va 1983 yili Toshkent Davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti - ni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Yillar o‘tgan sayin ish faoliyati davomida uning mahorati, ilmi, yutuqlari osha borishi bilan birga qalbidagi qat’iyat, o‘ziga ishonch, kasbiga muhabbati ham orta bordi. Ushbu xislatlari ortidan qayerda ishlamasin hurmat - e’tibor topdi. Bugungi kunda u yuridik fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kafedrasi professori, yetuk, iqtidorli, hurmatli olima. Uning jamiyatda tutgan yuqori o‘rni, mavqei ortida, albatta, katta mehnat, fidoyilik, kasbiga sadoqat, ilmga bo‘lgan kuchli muhabbat yota - di, desak yanglishmaymiz.
Qumriniso Abdurasulova 1983 - 2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta laborant, kichik ilmiy xodim, bo‘lim mudiri vazifalarida ishlagan. 2000 - 2013 yillarda Toshkent Davlat Yuridik instituti “Jinoyat huquqi” kafedrasi dotsenti, “Kriminologiya va jinoyat ijroiya huquqi ”kafedrasi mudiri, “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi professori, “Ilmiy tadqiqot va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi” boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. U 2013 - 2015 yillarda Toshkent Davlat Yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasiga mudirlik qildi va hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kafedrasi professori vazifasida ishlamoqda.
Professor Abdurasulova Qumriniso talabalaraga “Jinoyat huquqi” “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qimoqda va amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Uning 170 dan ortiq ilmiy ishlari Respublika va xorijiy OAV e’lon qilingan bo‘lib, ularning 5 tasi monografiya, 9 tasi darslik, 11 tasi o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar bo‘lib, huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga ilm cho‘qqilarini egallashlariga xizmat qilmoqda.
Qumriniso Abdurasulova 1994 yilda “Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik”, 2006 yilda “Ayollar jinoyatchiligining jinoyat - huquqiy va kriminologik muammolari” mavzularida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, 2008 yilda professor ilmiy unvoniga mos deb topilgan.
Olima ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlar davlat attestatsiyasida faol ishtirok etib kelmoqda. 2000 - 2012 yillarda ixtisoslashgan kengash ilmiy kotibi, raisi bo‘lgan. 2013 yildan hozirga qadar ilmiy kengash raisi sifatida yuridik fanlar doktorlarini tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna rahbarligida 10 ta nomzodlik, 30 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 3 nafar Prezident nomidagi va 3 nafar Alisher Navoiy nomidagi stipendia sohiblariga ilmiy rahbarlik qilgan, so‘nggi besh yilda uning shogirdlari huquqshunoslik bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Qumrixon oilali, uch farzandning onasi va nabiralarining mehribon buvisi.