Zohidjon Abduqahhorov 1955 yil 11 oktyabrda Namangan viyati Uychi tumani Qizil ravot qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.
1972 yil Uychi tumanidagi 8-o‘rta maktabni tugatgan. 1983 yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda Toshkent politexnika institutining Namangan filialida metallar texnologiyasi kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.
1988—1991 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti, 1991 — 1993 yillari shu universitetning materialshunoslik kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
1993—1995 yillari Namangandagi «Elektroterm» ishlab chiqarish birlashmasi konstruktorlik byurosida konstruktor bo‘lib ishlagan.
1995 yil Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Ixtisoslashgan ilmiy kengashda «Termik ishlov berish tarixining issiq holda deformatsiyalovchi asbobsozlik po‘latlarining xossalariga ta’siri» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
2001 yil yanvar oyidan boshlab Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasida katta o‘qituvchi, 2003 yildan dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
2003 yilda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun metallar texnologiyasi fanidan o‘quv qo‘llanmasini chop etishga topshirgan. 2001—2004 o‘quv yillarida «Mashina qismlari» fanidan amaliy va tajriba ishlari uchun 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirgan. Uning hozirgacha 35 ta ilmiy-uslubiy maqolalari respublika ilmiy nashrlarida chop etilgan. Hozirda «G‘o‘za qator oralig‘iga bug‘doy ekish texnologiyasi va apparatini yaratish» mavzusida ziroat muhandisligi kafedrasi bilan hamkorlikda umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri dotsent J. Muhamedov rahbarligida olib borila- yotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoq- da. diri dotsent J. Muhamedov rahbarligida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoqda.