Ot o‘rnini toy bosar, deb bejizga aytishmagan. Qahramonimiz - tibbiyotchilar sulolasining bosh vakili, O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash tizimining yirik jamoat arbobi, ko‘zga ko‘ringan dermato - venerolog, mashhur tibbiyotchi, zakiy inson Matlabxo‘ja Abidovning farzandi va munosib vorisidir. Alisher Abidov 1961yil, 22 dekabrda Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tavallud topdi. Otasi Matlabxo‘ja aka va onasi Moskva stomatologiya institutini “qizil” diplom bilan bitirgan birinchi o‘zbek ayoli, mohir jarroh stomatolog Zumradxon Nuriddinovalarning mehru muhabbati og‘ushida, opasi Surayyoxon (hozir “Fedorovich” sanatoriyasi bosh shifokori) va singlisi Saodatxon (hozir Respublika perinatal markazi shifokor laboranti) bilan voyaga yetdi. U 1980 yilda Toshkent shaxridagi 249 - o‘rta maktabini bitirib, Toshkent davlat tibbiyot institutining ikkinchi davolash fakultetida (1980 – 1986 yy) tahsil oldi. Institutni tamomlagach, yo‘llanma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi teritanosil kasalliklari ilmiy tekshirish institutida (TTKITI) bir yillik interpaturani o‘tadi... Alisher mehnat faoliyatini 1986 yildan dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida shifokor lavozimidan boshladi. 1987 – 1988 yy dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish insti¬tutining qabul qilish bo‘limi mudiri, 1988 - 1989 yy dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish instituta qoshidagi Respublika mikologiya (zamburug kasalliklar) markazi mudiri, 1989 - 1994 yy. dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida kichik ilmiy xodimi, 1994 - 2000 yy. dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida jinsiy yo‘l orqali yutsuvchi kasalliklar ilmiy bo‘limi katta ilmiy xodimi, so‘ng so‘zak va kichik urologiya ilmiy bo‘limi rahbari, 2000 – 2003 yy dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida doktoranti, 2003 – 2000 yy. dermatolo¬giya va venerologiya ilmiy tekshirish instituta jinsiy yo‘l ortali yuquvchi kasalliklarni o‘rganish ilmiy guruhi rahbari, urogenital infektsiyalar va reproduktiv salomatlik ilmiy bo‘limi mudiri, grant loyihalarning rahbari, 2009 yildan 2018 yil noyabr oyigacha Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy - amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari - klinika bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Bugungi kunda “Davr fayz medical” xususiy klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat olib boryapti. Shuningdek, A. M. Abidov rahbarligida qator ilmiy izlanishlar olib borilib, Davlat grantlari yutilgani haqida ham quvonch bilan gapirish mumkin. Salohiyatli olim 380 dan ortiq ilmiy masalalar, jumladan, 4 ta monografiya, 14 ta uslubiy tavsiyanoma, 2 ta shifokorlar uchun qo‘llanma. 1 avtorlik guvohnoma, 4 ta ratsionalizatorlik takliflari muallifidir. Uning ilmiy rahbarligida 5ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. Kuchli bilim va tajriba sohibining chet ellarda (Angliya, Avstriya, Germaniya, Xorvatiya, Makedoniya, Ros¬siya, Gruziya, Qozog‘iston) va respublikamizda o‘tkazilgan ilmiy - amaliy anjumanlarda tuzilgan ma’ruzalari mutaxassislar (klinik ordinatorlar, magistrlar, diplomdan keyin ta’lim oluvchilar, aspirantlar va izlanuvchilar) ga dasturiy amal bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmas. Alisher Abidov rahbarligida yetishib chiqqan shifokorlar va fan nomzodlari butun el xizmatida.
Alisher Abidov turmush o‘rtog‘i Ulfatxon opa bilan farzandlari: Matlabxo‘ja (yaxshi niyat bilan otasini ismini qo‘ydi. O‘zR Oliy Majlis Senatining Xalqaro bo‘limida yetakchi ekspert), Murodxo‘ja (“Belayin” kompaniyasida ishlardi, be vaqt vafot etdi, Olloh rahmat qilsin), egizaklar Hasanxo‘ja (ToshPI magistri va ToshPMIning matbuot xizmati boshlig‘i), Husanxo‘ja (Markaziy bank Boshqarmasi raisining birinchi muovuni yordamchi) larni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Mehrixon va Malikaxon nabiralari ham bobo va buvilar yurgan muqaddas yo‘ldan borishlari shubhasiz. Ha, uning komi ezgu niyat bilan tilga olinadi: “Otasiga rahmat bu yigitning!” Bu tilak quvvati Alisher Abidovning bir necha avlodiga yetishiga ishonamiz!