O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Abramov Mixail Davidovich

Abramov Mixail DavidovichKimyo fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan xalq  talimi xodimi

    1915 yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1933 yilda Farg‘ona davlat  pedagogika institutiga  o‘qishga kirgan. Oliygoxni  1937  yilda  tamomladi va kafedrada  ishga qoldirildi. 1942 - 1945 yillari  Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan .
  1960 - 1961  yillarda kafedra  mudiri bo‘lgan.  1963 - 1966 yillarda  tibbiyot  fakulteti dekani  muovini  va dekan  bo‘lib ishlagan.  O‘zbekiston  Fanlar akademiyasi  prizidenti  O. S. Sodiqov ilmiy  rahbarligida 1965 yilda  “G‘o‘za o‘simligining   o‘sishi rivojlanishi  va viltga  qarshi  kurashishida   mikroelementlarning  roli” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya qilgan. 1970 yilda dotsent  unvonini olgan. “Kimyodan hisoblashga doir  masalalar yechish”, “Farg‘ona katta  kimyo  o‘lkasi” nomli  o‘quv  qo‘llanmalarini  yaratgan.
  M. D. Abramov  ru va o‘zbek guruhlari  talabalariga  “Organik kimyo”, “Fizik kimyo”, Kimyo  o‘qitish  metodikasi va kimyo  texnologiyasi  fanlaridan  uzoq yillar  dars berdi. Umrining  oxirigacha  kimyo kafedrasi dotsenti  lavozimida  faoliyat  ko‘rsatdi.  Kafedrada tashkil etilgan  mikroelementlar  ilmiy laboratoriyasi   ishida   maslahatchi  bo‘lib ishladi. 40 ta ilmiy ishi  elon qilingan, jumladan, 4  ta o‘quv  qo‘llanma, 1 ta risola  muallifi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5