Abrorova Muqaddas iqtidorli olima, O‘zbekiston xalq maorifi alochisi, Qoriy Niyoziy nomidagi mukofot sohibasi, pedagogika fanlari nomzodi , Buxoro Davlat universiteti fizika-matematika uslibiyoti kafedrasi dotsenti Muqaddas opa Abrorova o‘zining barakali mehnati, talabchanligi , samimiyati bilan ilg‘or pedagoglardan hisoblanadi. Muqaddas Abrorova 1934-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumandagi sobiq Stalin, hozirgi Alochabof guzarida hizmatchi oilasida tug‘iladi. U 1941-yildan tuman markazidagi sobiq Kirov (hozirgi 1-son) nomli o‘rta maktabga o‘qishga kirib 1951-yilda shu maktabni a’lo baholar bilan tugatadi. Bilimga chanqoq Abrorova Muqaddas 1951-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakultetining matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. 1955-yilda o‘qishni imtiyozli diplom bilan bitirgach davlat imtixon komissiyasining qarori bilan shu institutga o‘qituvchi vazifasida o‘z pedagogik faoliyatini boshlaydi. Abrorova Muqaddas 1955-yildan hozirga qadar shu Oliy bilimgoxda elementar matematika, analitik geometriya, matematik taxlil, matematik o‘qish uslubiyoti, oliy matematika, differintsial tenglamalar kabi qator fanlarga doyr ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni g‘oyaviy-siyosiy yuksak, qiziqarli , mazmunli qilib olib bormoqda. 1978-yil "Buxoroda matematik o‘qitish tarixidan" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Abrorova Muqaddas 1982-yildan beri "Umumiy matematika va uning uslubiyoti" kafedrasi dotsenti (1980-1985 yildan kafedra mudiri) bo‘lib samarali va barakali mehnat qildi.Olimaning 30 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublikaning turli oynomalari va ilmiy to‘plamalarida nashr qilingan. Muqaddas opa xonadon bekasi sifatida uch nafar farzandini mehribon onasi, yetti nafar nevaraning sevimli buvisidir. Ug‘li Anvarjon Abdullaev iqtisod fanlari nomzodi, Buxoro Davlat universiteti dotsent lavozimida ishlaydi. Qizi Dilbar Abdullaeva Buxoro shahridagi 14-son maktabning matematika o‘qituvchisi. Kenja qizi Dilorom Abdullaeva Buxorodagi Abu Ali ibn Sino nomli tibbiyot institutida o‘zbek va rus tillarda talabalarga saboq bermokda. Turmush o‘rtog‘i Ahmad Abdullayev filologiya fanlari doktori, professor. Ha, Muqaddas opa ana shunday g‘ayratli, bilimdon, oqila, hali dilida orzulari ko‘p zakovatli ayoldir.