Aniq fanlar
Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi
Tabiiy fanlar
Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.
Filologiya
Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Adirovich Emmanuil Ilich (1915, Melitopol, Ukraina (1973, Toshkent) ) - fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1962). Moskva davlat universitetini tugatgan (1940). Moskva neft institutida (1944-1949), P.N. Lebedev nomidagi Fizika instituti (Moskva)da (1949-1962) ishlagan. O‘zbekiston FA Fizika-texnika institutida bo‘lim mudiri (1962-1973). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasiga oid. Adirovich kristallar lyuminessensiyasining zonaviy nazariyasi asoschilaridan biri, qattiq jismlarda elektr jarayonlari kinetikasiga doir masalalarni hal qilishning kvazistatsionar usuli tashabbuskori, fotoelektretlarda elektron qutblanish va kutbeizlanish qonunini kashf etdi.