O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Afaqova Nodira

   G‘ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida tug‘ilgan. Ziyoli oilada tarbiyalangan Nodira o‘rta maktabda a’lo baholarda o‘qida va uni "oltin medal" bilan tugatadi. 1982-yil, 1983-yil, 1984- yillarda jumhuriyat "Navqiron adabiyotchilar" olimpiyadasining g‘olibi bo‘lgan yosh adabiyot ixlosmandi tahsilni Buxoro davlat pedagogika institutiniyag o‘zbek filologiyasi va chet tillar fakultetida davom ettirdi.Uning she’rlari jumhuriyat vaqtli nashrlari, "She’riyat-86" "Yoshlar ovozi" singari jamoa to‘plamlarida chop etilgan. Nodira ikki doston muallifi:"Fitratning tushlari" nomli ramziy  dostoni ulug‘ mutafakkir adib Abdurauf Fitratning 110 yillik yubileyiga bag‘ishlangan. "Jazo" dramatik dostoni esa Odam Ato qissasi asosida yaratilgan bo‘lib, "Tazarru" nomi bilan "Qalb ko‘zi" sahifalari orqali o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi. Shoiraning "Bahorning boshlanishi" nomli she’riy majmuasi chop etilish arafasida.Afaqova Nodira ilmda ham badiiy ijod sirlari bilan qiziqdi. Professor Toji Qoraev rahbarliklarida "Abdulla Oripov lirikasida badiiy san’atlar" mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Afaqova Nodiraning "She’r, hadis, hikmat", "Abdulla Oripov lirikasida badiiy san’atlar","Shaxs va ijod" I. G‘aniev bilan hammualliflikda singari kitoblari ana shunday izlanishlarning natijasidir.


 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar50



Filologiya20