Ahadova Muhabbat 1921-yil 5-noyabrda Buxoro shahrida Xo‘ja Zayniddin guzarida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Bobosi mullo Vahob bilimli kishi bo‘lib , riyozatdan dars bergan va o‘g‘li Axatjonni bilimdon odam qilib o‘qitgan.Muhabbat opa 1928-1932 yillarda maktabda tahsil topgan, so‘ng 1932-1935 yillarda Buxoro xotin-qizlar texnikumida o‘qidi va uni imtiyozli diplom bilan bitirib , 1935-1940 yillarda Muhabbat opa Buxoro Davlat pedagogika institutida o‘qib, imtiyozli diplom bilan tugatdi va shu institutning " Mexanika" kafedrasiga ishga qoldirildi. Avval assistent, katta o‘qituvchi , dotsent, professor vazifasini bajaruvchi unvonlarni oldi."Mexanika" kafedrasiga ishga qoldirildi. Avval assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor vazifasin bajaruvchi unvonlarni oldi.Institutda Analitik geometriya, proektiv geometriya, chizma geometriya, matematika, tarixdan (ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. 1954-1955 yillarda Moskvada Lomonosov nomli universitetda bir yillik o‘qishni (FPK) muvaffaqiyatli bitirdi. Matematika tarixi sohasida akademiklar, professorlrp ma’ruzalarini tinglab seminarlarga qatnashdi. Unga mashhur O‘rta Osiyolik olimlarning matematika sohasidagi faoliyatlarini ilmiy o‘rganish topshirildi. Bu sohada ko‘p yillar izlanishlar olib borgan. Muhabbatopa birinchi marta Respublikada 1966 yili Toshkent Davlat universitetida "Mashhur entsiklopedist olim Abu Ali Ibn Sinoning fizika-matematika sohasidagi ijodi" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.Muhabbat opa o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan entsiklopedist olimlarning matematika sohasidagi ijodlarini yoshlarimizga targ‘ib etish, halqimizga yetkazish sohasida tinmay mehnat qildi. 35 dan ortiq ilmiy ishlar yozdi. Bular orasida 1983 yilda nashr etilgan "O‘rta Osiyolik olimlar va ularning matematikaga doyr ishlari" kitobi oliy o‘quv yurtlari studentlari va maktab o‘qituvchilariga katta yordam beradi. Muhabbat opa kitoblar orasida "Umar Hayyom—matematik olim" (1972-yil), "Beruniy va uning matematikaga oid ishlari" (1976-yil), "Abu Ali Ibn Sino va fizika-matematika fanlari" (1980-yil) va boshqalar bor.1994-yilda mashhur astronom matematik Ulug‘bek tug‘ilganiga 600 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tgan bayramlarga bag‘ishlab "Temurxon naslidan Sulton Ulug‘bek" nomli risolani, 1996-yil sohibqiron Amir Temur yili deb e’lon qilinganligiga bag‘ishlanib "Hind matematikasi taraqqiyotida markaziy Osiyo olimlarining hamkorligi" nomli kitoblari nashr etildi.1958-1961 yillarda matematika fakulteti dekani bo‘lib 1971-1977 yillarda esa umumiy matematika kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.Urush borayotgan kunlarning birida viloyat rahbarligidai biri Muhabbat opani "Siz viloyat radio komitetida diktorlik vazifasini bajarishingiz kerak" deb vazifa topshirdi. Shunday qilib 1943-1945 yillarda viloyat radio komitetida diktor bo‘lib ishladi. O‘sha kunlardagi eng quvonchli voqea shu ediki, 1945-yil 9 may kuni ertalab soat 7 da uni zudlik bilan radio komitetiga chaqirishdi. G‘alaba haqidagi xushhabarni halqimizga yetkazish kerak ekan. Bu hushhabarni har 15 minutda qayta-qayta o‘qib, halqga eshittirib turishdi. Fahrli voqea Muhabbat opaning esiga bir umr saqlanib qoldi.Ulug‘ vatan urushi davrida Shofirkonda, G‘ijduvonda institut filiallari tashkil bo‘lgan edi. Muhabbat opa shu filiallariga borib, Oliy matematikadan ma’ro‘zalar o‘qidi.U kishining turmush o‘rtog‘i, 1939-yilda Buxoro Davaat pedagogika institutida fizika-matematika fakultetini bitirib armiyaga ketgan va ikkinchi jahon urushining birinchi kunidan boshlab frontlarda jang qilgan, G‘alaba bayramini Berlg qarshi olgan. Ko‘p orden va medallar sohibi Mirxonov Abbos (1915-1987 y.) edi. Abbos aka institutda 1946-yil fevral oyidan boshlab, umrining oxirigacha katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi. Muhabbat opaning oilada uch farzandi: Safiyaxon, Abdullajon va Manzuraxon bo‘lib, ular ham fizika-matematika fanlaridan, o‘qituvchi, hozirda uchalalari ham oilalik. Muhabbat opa "O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan halq maorifi xodimi" unvoni, "Hurmat belgisi" ordeni bilan, "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan.