Geografiya fanlari doktori, professor
1962 yil 8 sentyabrda Andijon viloyati Marxamat tumanida tug‘ilgan. Iqtisodiy geograf, o‘qituvchi – pedagog . 1979 yilda Marhamat tumanidagi 13 - maktabni , 1985 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining biologiya - geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1985 - 1987 yillarda Marhamat tumanidagi 2 - maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan . Farg‘ona davlat universitetida 1988 yildan boshlab geografiya kafedrasida ishlab kelmoqda . Sankt - Peterburg davlat universitetining aspiranturasiga 1990 yilda qabul qilindi va 1993 yilda akademik A.I. Chistobaev rahbarligida “Andijon viloyati tog‘oldi tekislik yerlari muammolari va oqilona foydalanish yo‘llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Kafedra douenti, dekan o‘rinbosari, kafedra mudiri , huquq fakulteti dekani vazifalarida ishladi. Hozirda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malavkasini oshirish mintaqaviy markazi direktori lavozimida mehnat qilmoqda.
Yu.I. Axmadaliev 2007 yilda Farg‘ona vodiysi geograflaridan birinchi bo‘lib “Yer resurslaridan qishloq xo‘jaligida foydalanishning xududiy tashkil etilishini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Uning rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilingan iqtidorli talabalardan E.Mahkamov 2010 - 2011 o‘quv yilida Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.2012 - 2013 o‘quv yilida Yu.Axmadaliev rahbarligida KDPI geografiya kafedrasi o‘qituvchisi D.Mo‘minov “Qishloq joylarning geoekologik muammolari ( Farg‘ona viloyati misolida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bshyicha tuzilgan hududiy krmissiyada ham faoliyat olib bormoqda.
Yu.Ahmadaliev tomonidan 100dan ortiq ilmiy ishlar elon qilgan bo‘lib, turli yillarda “Farg‘ona vodiysi : tabiati, ag‘olisi va xo‘jaligi ( hudidiy tashkil etish masalalari )”, “Farg‘ona viloyati toponimlari”, “Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy resurslardan foydalanish masalasining keskinlashuvi va uning oqibatlari”, “Ekologiya huquqi” nomli o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalari chop etilgan. 2014 yilda “Yer resurslaridan foydalanishning” nomli o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan. 2014 yilda “Yer resurslaridan foydalanishning geoekologiyasi” nomli mongrafiyasi nashr etildi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi geograflarining ilmiy seminariga rahbarlik qilib kelmoqda.