Burxoniddin Pasixiddinovich Ahmadov 1954 - yil - 15 iyunda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Kalishoh qishlog‘ida tug‘ilgan.
1961 - 1971 yillarda shu qishloqdagi 21 - o‘rta maktabda o‘qib, a’lo baholarga tamomlagan.
1972 - 1977 yillarda Toshkent davlat universitetida tuproqshunos – agro kimyogar mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim olib, uni imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1977 — 1987 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy - tadqiqot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shu yillarda u O‘zbekiston tuproqtarining eroziyalanishini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etgan. Jumladan, eroziyalangan tuproqtarni aerokosmik ma’lumotlardan foydalanib xaritalashtirish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
1986 - yili sobiq Butun ittifoq paxtachilik ilmiy - tadqiqot institutida “Eroziyaga uchragan sug‘orma bo‘z tuproqlarning unumdorligini oshirish yo‘llari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
1987 — 1988 yillarda Butunittifoq ilmiy - tadqiqot markazi “AIUS – Agroresurs” ning Toshkent filialida agroresurslarni aerodiagnostikalash bo‘yicha ish olib borgan.
1988 — 1993 yillarda Namangan viloyat agrokimyo stantsiyasida bo‘lim boshlig‘i sifatida sug‘orma yerlar goksikologiyasi va radiologiyasiga doir agro ekologik ishlarni boshqargan. 1993 yildan shu kungacha Namangan muhandislik - isdagogika institutida ekologiya bo‘yicha yoshlarga bilim berish bilan birga ularda ekologik madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
B. Ahmadov “Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi asoslari” nomli darslik ham muallifi va tuproqshunoslik, agrokimyo, kartografiya va ekologiya sohalariga oid 35 dan ziyod ilmiy - ommabop, o‘quv - uslubiy maqolalar muallifidir.
1993 - yildan shu kungacha Namangan muhandislik - pedagogika institutida ekologiya bo‘yicha yoshlarga bilim berish bilan birga ularda ekologik madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
B. Ahmadov “Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi asoslari” nomli darslik ham muallifi va tuproqshunoslik, agrokimyo, kartografiya va ekologiya sohalariga oid 35 dan ziyod ilmiy - ommabop, o‘quv - uslubiy maqolalar muallifidir.