Rahmanjon Mamajonovich Ahmedov 1957 y2il 4 martda Namangan viloyati Chust shahrida tug‘ilgan.
1964 - 1974 yillarda Chust shahridagi Nodirabegim nomli 2 - o‘rta maktabda o‘qigan.
1975 - 1980 yillarda Tojikiston politexnika institutida o‘qib, avtomobil transporti va yo‘llari fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1980 yil sentyabr oyidan shu institutning ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish kafedrasi assistenti lavozimidan boshlab, 1988 yilda katta o‘qituvchi, 1991 yildan 1992 yil dekabr oyigacha avtomobil transporti iqtisodiyoti kafedrasida dotsent vazifasida ishlagan.
R. M. Ahmedov 1984 — 1987 yillarda Moskva avtomobil transporti va yo‘llari institutining avtomobil transporti iqtisodiyoti va uni boshqarish kafedrasi qoshidagi aspiranturada o‘qidi va 1987 yidtsa “Avtotransport majmui sun’iy inshootlarini ta’mir- lashni rejalashtirishning me’yoriy bazasini tuzish usullari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qidtsi.
1992 yil dekabr’ oyidan 1999 yil sentyabr’ oyigacha Namangan yo‘lchilar malakasini oshirish o‘quv markazi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 1999 yil sentyabr oyidan 2004 yil 1 martgacha Namangan muhandislik - pedagogika instituti mikroiqtisodiet va menejment kafedralari mudiri lovozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda iqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasida ishlamoqda.
Olim 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, shu jumladan, “Mikroiqtisodiyot” (Namangan - 2002), “Mikroiqtisodiyot” (Namangan - 2003) va “Avtotransportda menejment” (Namangan - 2001) o‘quv qo‘llanmalari muallifidir.
R. M. Ahmedov ayni kunlarda “Mintaqa avtotransport infratuzilmasini samarali rivojlantirish istiqbollarini belgilash usullari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.