Fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent
1938 yil 8 martda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tavallud topgan. 1956 yilda o‘rta maktabni , 1961 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini fizika va ishlab chiqarish asoslari ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.
1964 yildan boshlab , uzluksiz ravishda ilmiy - pedagogik faoliyat bilan shug‘ullandi. 1964 - 1967 yillarda Shahrixon tumanidagi 7 – maktab internet o‘qituvchisi, 1967 - 1970 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika insstituti ishlab chiqarish asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, 1971 - 1974 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti ishlab chiqarish asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, 1971- 1974 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti aspiranti, 1979 - 1984 yillarda Farg‘ona davlat pedagogika instituti umumtexnika fanlari katta o‘qituvchisi, 1985 - 1987 yillarda industrial - pedagogika fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari , 1987 -1995 yillarda mehnat talimi o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, 1995 - 1996 yillarda texnika fanlar va meditsina jihozlarini ishlatish kafedrasi dotsenti, 1996 - 2008 yillarda Quvasoy tadbirkorlik o‘quv - ishlab chiqarish markazida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari , 2008 - 2009 yillarda Farg‘ona davlat universiteti hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi dotsenti vazifalarida mehnat qildi. 2009 yildan tabiiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 2015 yildan fizika kafedrasiga dotsent lavozimiga ishga o‘tdi.
1984 yili fizika - matematika fanlari doktori, professor B. Otaqulov va fizika - matematika fanlari doktori, professor E. Abdullaevlar rahbarligida “Polucheniye i issledovanie polikristallicheskix plyonok Rv Te, RvTe - Te, RvTe - Rv “ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
2 ta uslubiy ko‘satma va 35 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.