Falsafa fanlari doktori, professor Ahmedova Matluba Amirsaidovna 1933 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1955 yilda Moskva Davlat univsrsitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 1966 yilda falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgani uchun, 1997 yilda falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar yoqlagan .1978 yilda unga professor unvoni berilgan. 1983 yilda u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgai fan arbobi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Olima Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutida, ToshDU qoshidagi Malaka oshirish institutida, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutida, shuningdek, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida kafedra mudiri lavozimida ishladi, falsafa, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar tarixi fanlaridan dars berdi.
M.Ahmedova ilmiy - pedagogik faoliyatini jamoat va siyosiy ishlarda faol ishtiroki bilan uzviy bog‘liq holda olib bordi, bir qator davlat boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri darajasiga ko‘tarildi.
Matbua Ahmedova ilmiy izlanishlari O‘zbekiston va umuman, Markaziy Osiyoning XX asrda ijtimoiy - siyosiy rivojini falsafiy anglash, bu jarayoniing mohiyatli tomonlari va o‘ziga xosligini aniqlash bilan bog‘lik bo‘ldi. Hozirgi paytda mustaqillik davrida to‘plagan tajriba asosida O‘zbekiston rivojining falsafiy jihatlari ham o‘rganilmoqda. Olimaning ushbu mavzularga bag‘ishlangan 6 ta monografiyasi, bir qator risolalari, respublika, shuningdek, ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Ilmiy ishlari o‘zbek, rus, ingliz, arab, mo‘g‘ul va quriya tillarida chop etilgan. Olima ilmiy va pedagogni faoliyatini davom ettirib birinchi bor nashr etilgan “Filosofiya asoslari” (Toshkent, 1998 yil, “O‘zbekiston” nashriyoti) darsligi mualliflar guruxinnng rahbari, mas’ul muharriri va mualliflaridan biri bo‘ldi. Magbua Amirsaidovna Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasining mudiri sifatida Sharq falsafasi va madaniyati bo‘limini ochish, uning ishini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Olima akademik P.I.Ibrohimov boshchilik qilayotgan GKNT granti bo‘yicha “Shark falsafasi va uning milliy istiqlol g‘oyasida aks etish” ilmiy loyihasinnng mas’ul tashkilotchisidir. Uning tomonndan “Sharq falsafasi” ko‘p tomonlik nashrning kontseitsiyasi va strukturasi, shuningdek shu yo‘nalishdagi seriyaning mavzulari ishlab chiqilgan.
Matbua Amirsaidovna Ahmedova juda ko‘p xalqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.
Olima tomonidan 6 fan nomzodi tayyorlangan, shuningdek, bir qator doktorlik dissertatsiyasini yozish jarayonida maslahatlar berilgan.
Bugungi kunda M.Ahmedova Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Falsafa kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolalar O‘zbek Entsiklopediyasiga kiritilgan.