O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ahmedova Xosiyatxon

    Ahmedova Xosiyatxon opa 1938-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. I darajali «Sog‘lom avlod" ordeni nishondori. Namangan pedagogika kolleji direktori vazifasida uzoq yillar ishlab hozirda shogirdlari e’zozida nafaqada. U 1965-yilda Farg‘ona Davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini tamomlagan. O’qituvchilik qilgan, mas’ul lavozimlarda ishlagan. 1977-yilda Moskva Ijtimoiy Fanlar Akademiyasida o‘qishni tugatib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qilgan ishi, bosgan izi, intiluvchanligi shunga yarasha bo‘lmog‘i kerak. U katta oqimga irmoq bo‘lib qo‘shildi. Nozik va notinch yuragi osmon sari qo‘l cho‘zdi. Osmon sari deganimiz u qayerda ishlamasin to‘lib- toshib ishladi, o‘zi uchun ham, atrofidagilar uchun ham yangi parvozlar yaratdi. Bu parvozlar Namangan Davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi, Namangan industrial texnikumida direktor bo‘lib ishlagan kezlarida shakllandi va qanot yozdi. Ayniqsa, bu parvoz 1994-yilda Namangan pedagogika bilim yurtiga direktor etib tayinlangach, yana sayqallandi. Ahmedova Xosiyatxon ta’lim talablariga to‘la mos tushadigan zahmatkash tashkilotchiga aylandi. U rahbar bo‘lib kelgan birinchi kunlardanoq o‘ziga aniq rejalar tuzdi. O’qish-o‘qitish ishini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqdi. O‘quv yurtidagi har bir pedagog ishiga jiddiy yondashdi. Ularga o‘rgatdi. Atrofiga ilmli, tajribali muallimlarni to‘pladi. Har bir muammoni kengashib hal etdi. Qisqa vaqt ichida bilim yurtining modtsiy-texnika bazasini mustahkamladi. Fan xonalari zamon talablari asosida boyitildi. Kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib, sakson besh foiz o‘qituvchilarning oliy va birinchi toifali bo‘lishiga erishildi. Xosiyatxon Ahmedovani izlanuvchan va iqtidorli o‘qituvchilar befarq qoldirmadi. Ularga o‘z maslahatlarini berdi. Ilmiy ishlar qilishga jalb etdi. Moddiy va ma’naviy ko‘mak berdi. Qilingan mehnat o‘z mevasini ko‘rsatdi. Shogirdlari orasida fan nomzodlari safi ko‘paydi. Keyingi yillarda o‘quv yurtida o‘quvchilar soni uch barobar ortdi. O‘quv yurti yangi sohalar  musiqa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mutaxassisliklari hisobiga kengaydi. Uning qoshida iqtidorli qizlar litseyi tashkil etildi. Unda hamon 7-11-sinf o‘quvchi-qizlari tahsil olmoqdalar. Bilim yurti 2001-2002 yil o‘quv yilidan kollejga aylantirildi. Shu munosabat bilan yangi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilindi. O‘quv xonalari yangicha jihozlandi. Xosiyatxon Ahmedova bilimdon, zukko rahbar xodima. U bilmagan qirra, soha yo‘q. Har bir dars uni befarq qoldirmaydi. Pedagogik muammolarni ilmiy yo‘l bilan hal etadi. Fan o‘qituvchilariga o‘z sohasi bo‘yicha maslahatlarini beradi. Dars sifati uchun kurashadi. Har bir ishga vaqt topadi. Tadbirkorlik Ahmedova Xosiyat Mamatovnaga xos fazilatlardan yana biridir. U bu yo‘lda izlanadi. Byudjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini qidiradi. O‘quv yurtida "Nihol" ishlab chiqarish korxonasi tashkil bo‘ldi. Ulardan har yili olingan foyda hisobidan o‘qituvchi va o‘quvchilarni ijtimoiy himoyalash, kam ta’minlangan o‘quvchilarga yordam uchun sarflanadi.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar40



Filologiya30