O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ahmedova Zamira Amirovna

Ahmedova Zamira Amirovna    O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti “Musiqali dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi mudiri, dotsent Ahmedova Zamira Amirovnaning 28 yillik mehnat faoliyati mana shu ilm dargohi bilan bog‘langan. Shu institutning “Dramatik teatr va kino aktyorligi” bo‘limini bitirib, “Aktyorlik mahorati va rejissura san’ati” kafedrasida ishlay boshladi.
  Dotsent Zamira Ahmedova institutda tajribali pedagog va kafedra mudiri sifatida ishlashi bilan birga, institutning jamoatchilik va tashkiliy ishlarida, talabalarni tarbiyalashda ma’naviy - ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etmoqda. “Teatr san’ati” fakultetida dekan muovini, sirtqi bo‘lim boshlig‘i, O‘quv bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida bir necha yil faoliyat ko‘rsatib keldi. Zamira Ahmedova so‘nggi yillarda institut, Respublika va Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan an’anaviy ilmiy - amaliy konferentsiyalarda, gazeta va jurnallarda ham quyidagi mavzular bo‘yicha ilmiy maqolalari bilan qatnashib kelmoqda:
  “Aktyorlik kursi talabalarining ijodiy - mustaqil ish faoliyati”; “Diplom spektakl yaratish jarayonidagi muammolar va ularning yechimi”; “Globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarimizni asrashning ahamiyati”; “O‘zbekcha raqs” spektaklida zamonaviy qahramon obrazining gavdalanishi”; “Badiiy did va etik madaniyat tarbiyasining ijodkor uchun ahamiyati”; “Iqgidorli talaba - yoshlarni ilmiy - ijodiy ishlarga yo‘naltirishda teatr san’ati maktabining ahamiyati”; “Aktyorning sahnaviy diqqati”; “Tajriba kadrlar tayyorlashda iqtidorli yoshlarlarni tarbiyalashning dolzarb masalalari”;”Aktyorlik san’atida tana harakati tilini bilishning ahamiyati”; “O‘zbek teatri rivojiga ustoz san’atkorlar ta’siri”; “Teatr san’atini takomillashtirishda aktyorlik maktabi bo‘yicha ishlash uslubiyatini rivojlantirishning ahamiyati”; “Teatr va kino aktyorining shakllanishida psixofizik treninglarning o‘rni”; “Aktyorning ichki va tashqi texnikasini shakllantirishda hissiyotdagi shakl va haqiqat birligining, hamda diqqat turlarining o‘rni”; “Aktyorlik maktabi” va uning bugungi kun talabasi uchun ahamiyati”; “Aktyorlik va rejissura san’ati bo‘limi talabalarini kasbga yo‘naltirish jarayonidagi ayrim muammolar”.
  Zamira Ahmedovaning professor V. N. Sundukova bilan birgalikda ishlagan “K. S. Stanislavskiy tizimining atama va unsurlari” o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi 2012 yil nashrdan chiqarildi. Qo‘llanma, O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti, konservatoriya, san’at va madaniyat yo‘nalishidagi barcha kollej va litseylar uchun aktyorlik mahorati fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. 2015 yilda Magistratura mutaxassisligi uchun “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. Professor T. T. Azizov bilan birgalikda O‘zbek davlat milliy akademik drama teatrida bir qancha spektakllar sahnalashtirdi. “Navro‘z”, “Mustaqillik” bayramlarini institut miqyosida nishonlash kabi sharafli tadbirlar bir necha yillardan buyon Zamira Ahmedovaga ishonch bilan topshirilmoqda. Uning rejissyorligida tayyorlangan kontsert dasturlari ko‘tarinki ruhda sahnalashtiriladi.
  Dotsent Ahmedova Zamira Amirovna talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga e’tibor bergan holda, har bir kursi bilan Toshkent viloyat va Toshkent shaxar Mehribonlik uylariga, Maxsus maktab-internatga borib ijodiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Bajarilgan ishlar bo‘yicha “Sen yolg‘iz emassan” Respublika bolalar jamg‘armasi jamoatchilik rahbariyati tomonidan institut nomiga tashakkurnomalar bildirildi.
  Zamira Ahmedova shijoatli mehnatkash, izlanuvchan, o‘z kasbi bo‘yicha qobiliyatli, talabchan, bilimini oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qiluvchi o‘qituvchilar qatoridan. Talabalar bilan ishlash, har bir tajribaning ijodiy fe’lini ochib berish, sahnaviy asarlarni maktab bo‘yicha to‘g‘ri talqin qilib, talabalarga teran tushuncha berish kabi qobiliyatga ega.
  Tajribali pedagog kursini bitirgan talabalar xozirda poytaxt va viloyat teatrlarida, O‘zbekiston kino, televidenie, radioda, bir qancha talabalar esa O‘zbek davlat milliy akademik drama teatrida, o‘z o‘rnini topib, ijod qilib kelmoqdalar.U institut jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Qilayotgan mehnati tufayli institut jamoasi, kasbdoshlari o‘rtasida hurmat va e’tiborga ega.
  Zamira Ahmedova 2012 yil “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasiga mudir etib tayinlandi. U nafaqat kafedra a’zolariga va talabalarga nisbatan, o‘ziga nisbatan ham talabchanlik xislatiga ega.      
  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5