Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent
1946 yil 2 iyulda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1961 yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti fizika - matematika fakultetiga o‘qishga kirgan va uni 1996 yilda tamomlagan. 1968 yildan ilmiy - pedagog faoliyatini FDPIda boshlagan. 1968 - 1969 yillarda matematika analiz kafedrasining o‘qituvchisi, 1969 - 1971 yillarda shogird - tadqiqotchi, 1971 - 1974 yillarda ToshDU funktsional analiz kafedrasi aspiranti, 1974 - 1975 yillarda algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1975 - 1987 yillarda algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi mudiri, 1987 - 1993 yillarda shu kafedra dotsenti, 1993 - 2001 yillarda FarDU ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
U akademik T. A. Sarimsoqov va ToshDU dotsenti M. A. Mirzaahmedovlar ilmiy rahbarligida “Metrik fazoda berilgan tasodifiy funktsiyalarning lokal xossalari haqida” mavzusi ustida ilmiy - tadqiqot ishlari olib bordi va 1975 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1978 yilda o‘nta dotsent unvoni berildi.
1992 - 2001 yillarda Fan va texnika davlat Qo‘mitasi tomonidan grant asosida tashkil qilingan “Xususiy hosilali buziladigan differentsial tenglamalar va tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun limit teoremalar” nomli ilmiy laboratoriyaga, 2002 - 2004 yillarda esa O‘zR FA Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab - quvvatlash Fondi granti bo‘yicha “Tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar va tasodifiy joylashishlarning turli xarakteristikalari” nomli ilmiy loyihaga rahbarlik qilgan.
U 1995 yilda dotsentlar Q. Xolmatov, A. Madraximovlar bilan hamkorlikda “Matematik statistikadan masalalar yechishga doir” o‘quv qo‘llanmasini chop ettirgan.
1991 yilda “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan. 1997 yilda unta “Farg‘ona davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan dotsent” unvoni berilgan.
M. Akbarov hozirga qadar 40 dan ortiq ilmiy - uslubiy maqola va tezislar nashr ettirgan. Shulardan 36 tasi xalqaro, MDH davlatlari va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. 20 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, kongress va simpoziumlarda ilmiy maruzalar bilan qatnashgan. Jumladan, besh marta(1972, 1983, 1995, 2005, 2011, yillar) “Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari” nomli ananaviy Farg‘ona anjumanlarida, 1975 yilda Toshkentda o‘tkazilgan ehtimollar nazariyasi bo‘yicha uchinchi sobiq Ittifoq va yapon simpoziumida, 1986 yili Toshkentda o‘tkazilgan Bernulli nomidagi matematik statistika va ehtimollar nazariyasi bo‘yicha xalqaro jamiyatining Birinchi kongressida ishtirok etgan.