Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
1946 yil 10 dekabrda Andijon viloyati Jalolquduq tumanida tavallud tpgan. 1963 yilda Toshkent meditsina institutining davolash fakultetiga o‘qishga kirdi. 1969 yilda fakultetni muvaffaqiyatli tamomladi va davolashbo‘yicha umumiy shifokor mutaxassisligini egalladi.
1970 - 1987 yillarda Toshkent meditsina institutining sanitariya - gigyena fakultetida shifokor - izlanuvchi, 1978 - 1986 yillarda O‘zbekiston Respublikasi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi, 1986 - 1994 yillarda Marg‘ilon to‘qimachilik korxonasi profilaktoriyasi bosh shifokori, 1994 - 1998 yillarda Farg‘ona davlat universiteti sanitariya - gigiena kafedrasi dotsenti, 1998 - 2007 yillrda tibbiy bilim asoslari va fuqoro muhofazasi kafedrasi mudiri, 2007 - 2009 yillarda hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi mudiri, 2009 - 2011 yillarda tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri vaziflarini bajardi. 2011 yildan tibbiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti lavozimida ishlamoqda.
1976 yili infektsionist akademik V. I. Pokrovskiy rahbarligida “Toshkent shahrida salmonellyoz infektsiyasining etiologiyas” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli yoqlagan.
U universitet va Farg‘ona viloyati miqyosida ijtimoiy - siyosiy, ma’naviy ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Mohir pedagog, tashkilotchi va tibbiy bilim asoslari kafedrasi rivojlanishiga katta xizmat qilgan ustozlardan hisoblanadi.
M. Akbarova “Tibbiy bilim asoslari” va “Valeologiya “ fanlaridan tibbiyot masalalari bo‘yicha 4 ta uslubiy ko‘rsatma va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.