Muqaddas Akbarova 1946 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1968 yili kimyo bo‘limini imtiyozli bitirib, o‘z faoliyatini shu yilning o‘qituvchilikdan boshlagan. 1972 — 75 yillari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalar kimyosi instituti aspiranturasida o‘qib, 1975 yili kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘lgan.
Hozirgi kunda kimyo kafedrasida dotsent M. Akbarova raxbarligida institutning barcha mutaxassislik yo‘nalishlarida kimyo o‘qitish bilan birgalikda kafedraning ilmiy - tadqiqot laboratoriyasida ko‘p tarmoqli yo‘nalishda ilmiy - izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan: “Geterotsiklik birikmalar asosida yangi ekologik toza, biologik aktiv dorivor moddalar sintezinnng nazariy asoslarini yaratish va olingan amaliy natijalarni sanoat, meditsina, veternnariya va qishloq xo‘jaligiga tadbiq qilish” mavzusidagi tadqiqotlar o‘zining ilmiy yechimini topmoqda. Ayni vaqtda muayyan natijalarga ham erishildi. Laboratoriya sharoitda yigirmadan ortiq yangi, aktiv moddalar sintez qilinib, o‘rganib chiqildi, ularni meditsina va veterinariyada qo‘llashga yo‘llanma berildi. Dotsent M. Akbarova rahbarlik qilayotgan kafedra yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy - tadqiqotlar olib bormokda. Jumladan, korroziyaga qarshi yangi kimyoviy modifikator - komplekson “PAV” sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, neft sanoati chiqindilari asosida hossalari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yangi kompozitsion material ishlab chiqilib, yo‘l qurilishiga tatbiq etildi. Kafedra respublikamizning o‘ndan ortiq OYoYu va FA institutlari bilan kimyo o‘qitish, mutaxassis ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik shartnomasi asosida ilmiy - tadqiqot va ilmiy - pedagogik ishlar olib bormoqda.
Muqaddasxon Akbarova o‘zi olib borgan ilmiy - tadqiqot ishlari natijasi asosida 2 monografiya, 2 darslik, o‘quv - qo‘llanmalar yaratgan, 20 dan ortiq ixtiroga mualliflik guvohnomasini olgan. Matbuotda 180 ga yaqin ilmiy maqolalarini e’lon qilgan. Bunday izlanuvchan va tinib-tinchimas olimaga hamma havas qiladi, va unga muqaddas deb bilgan ishingizda charchamang, deyishadi.