Akbarova Muyassar 1951 yil 11 oktyabrda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan, u 1968 yil Chinoz tumanidagi 1-sonli o‘rta maktabni a’lo baholarga tugallab, shu yili ToshDU (xozirgi Milliy Universitet)ning filologiya fakulteti kechki bo‘limiga o‘kishga kirgan. 1976 yili universitetni muvaffaqiyatli tamomladi.
U 1997 yili «Alisher Navoiy g‘azallarida qofiya» mavzusidagi dissertatsiyasini yozib, muvaffaqiyatli ximoya qildi.
Hozirda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tasarrufidagi Malaka oshirish fakulteti dekan vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlarn nomzodi. Akbarova Muyassar bir necha yildan buyon malaka oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmokda. U o‘z mutaxassisliginn jismoniy tarbiya ixtisosligiga yaqinlashtirish hamda o‘z bilimini oshnrish maqsadida institut qoshidagi Malaka oshirish fakultetining «Jismoniy tarbiya harakatini tashkil qilish va boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash kursini tugatgan. Hozirgi kunining dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan ta’lim texnologiyasini mukammal o‘zlashtirish maqsadida treningda qatnashib, sertifikat olgan.
Malaka oshirish tizimi bo‘yicha Respublikada o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qator mavzularda ma’ruzalar qilgan va ularni chop ettirgan.
M.Akbarova «Yangi ta’lim texnologiyasi» bo‘yicha MOF jnsmoniy tarbiya o‘kituvchilarn uchun dastur tayyorladi. Unda zamonaviy ta’lim texnologiyasi bo‘yicha jismoniy tarbiya darslarnni o‘qitish usuli va mohiyati, ta’lim usullarining o‘rin va roli, ta’lim moduli masalalarnga alohida e’tibor berilgan. U doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy nazariy savnyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi.. Har ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r xodima.