Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
O‘quvchilik va talabilik davridan tirishqoq, harakatchan Z.Akbarova 200 yilda oliygohni imtiyozli diplom bilan tamomladi va shu yili Farg‘ona davlat universiteti magistraturasiga o‘qishga kirdi. 2002 yil magistraturani tamomlab, o‘z faoliyatini Farg‘ona davlat universiteti umumiy tilshunoslik va xorij adabiyoti kafedrasida o‘qituvchilikdan boshladi. 2003 - 2006 yillarda Farg‘ona davlat universitetida 10.02.02 - Milliy tillar (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada tahsil oldi. 2007 yil 1 iyunda filologiya fanlari doktori, professor N.Maxmudov rahbarligida “O‘zbek tilida murojaat shakllari va uning lisoniy tadqiqi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga 2007 yilning 29 dekabrida O‘zbekistan Respublikasi Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi.
3.Akbarova 2011 - 2012 yillarda Farg‘ona davlat universiteti pedagogika fakultetining boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti va tasviriy san’at kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2007 yildan boshlab Farg‘ona davlat universiteti umumiy tilshunoslik va xorij adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012 yildan esa kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekistan Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.