O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alevtina Kojevnikova

         Barcha sohadagi  taraqqiyotlarimizda olimlarning  o‘rni beqiyos . Ular yaratuvchanligi  va ilm  sohasiga yangiliklar olib kirayotganlari  bilan ayniqsa  ko‘prok qadrlanadi. Jamiyatimiz ham olimlarga suyanadi, ulardan har daqiqa  yangiliklar kutaveradi. Mustaqil davlat qurilishida ishtirok etayotgan  yoshlarimizga  ham tajribali olimlarning  yaratuvchanlik  ishlari  va hayot yo‘li  katta ibratdir. Shu  jihatdan  qaraganda olimlarning har  bittasi  ilm sohasida o‘z maktabini  yaratib qoldirmoqda. Biologiya  fanlari doktori , professor Alevtina  Kojevnikova  ham xuddi shunday jonkuyar olimlardan biri.

          Alevtina Grigorevna ziyoli  oilada tarbiyalandi. Otasi Grigoriy Dubovskiy  Andijon  davlat universiteti professori edi. Onasi Nadejda  Dubovskaya  ko‘p yillar  maktabda o‘qituvchilik  qilgan. Har ikkisi  insoniyligi va  ilmni qadrlashi bilan boshqalar  orasida  ajralib turardi. Alevtina ota-onasining hayotidan  o‘rnak oldi, xuddi  ular   singari ilm yo‘lidan ketdi. Bu yo‘ldagi  mashaqqatlarni iroda  va sabr  bilan yengib  o‘tdi. Fanga  yangilik olib kirish  yo‘lida izlandi, o‘z ustida tinim  bilmay  ishladi. Atrofidagi  yaxshi  insonlarning  ko‘magiga tayanadi, ularning mehridan  quvvat  oldi. Nihoyat, yillar  o‘tib mehnati  evaziga  olimlik  shohsupasiga ko‘tarildi.

          Biologiya fanlari  doktori , professor  Alevtina Kojevnikova  1949 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach  1966-1971 yillarda  Samarqand davlat universitetida tahsil oldi. Shundan  so‘ng ish  faoliyatini  Andijon shahrida  boshladi. 1971-1972 yillar ichida   Andijon davlat pedagogika  instituti  “Fiziologiya”  kafedrasida  o‘qituvchilik qildi. 1972-75 yillarda “O‘simliklarni  himoya qilish “ ilmiy  tadqiqot instituti  aspiranti bo‘ldi. 1975 - 1982 Andijon davlat  tibbiyot  instituti “Nistologiya va embriologiya” kafedrasi  assistenti, 1982-1986 yillar esa Andijon  paxtachilik instituti  “O‘simliklarni himoya qilish “ kafedrasida katta  o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

        Keyinchalik Alevtina Grigorevna bir qator masul  lavozimlarda  ishlab keldi. Jumladan  ,1986-1989  yillarda  Andijon paxtachilik instituti “Sirtqi ta’lim “  fakulteti dekani, 1989-1990 yillarda  Andijon qishloq xo‘jalik  instituti “Agronomiya” fakulteti dekanining muovini , 1990-2002 yillarda Andijon qishloq  xo‘jalik  instituti  “O‘simliklarni himoya qilish “ kafedrasi  dotsenti  va professori , 2002-2004 yillarda  shu institut sirtqi bo‘lim dekani va “O‘simliklarni himoya qilish “ kafedrasi  mudiri  lavozimida  ishlab keldi.

        Hozirgi vaqtda professor  Alevtina  Kojevnikova  Andijon qishloq xo‘jalik instituti “ Agroximiya, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya   qilish”  kafedrasining  mudiri . U salkam  qirq yildirki ilm yo‘lida  izlandi, bu vaqt  orlig‘ida ko‘plab  ilmiy-uslubiy  qo‘llanmalar  va monografiyalar yaratdi.  Fan nomzodlari  va fan  doktorlariga  ustozlik qildi.  Malakali kadrlar  tayyorlashga  ko‘maklashdi. Ilm  yo‘lidagi  samarali  xizmatlari  evaziga  mustaqillikning 15 yilligi  esdalik  nishonini oldi.

       Bir so‘z bilan aytganda  olima  ajoyib tashkilotchi  , fan jonkuyari , fidoyi  ustoz , xurmat-izzatga  loyiq bo‘lgan  chinakam  ziyoli ayol. Bugungi  kunda  olima  umr  yo‘ldoshi  bilan  farzandlaru  nabiralarining  muvaffaqiyatlaridan  mamnun bo‘lib yashayapti. Nabiralar  kulgusi  va biyron  so‘zlari esa bu xonadonga  baxtu quvonch bag‘ishlab turadi.

-Men baxtli hayot kechirayotgan ayollarning biriman, umrim boricha  ilm  taraqqiyoti  yo‘lida o‘z xizmatini  bezaydi, umrimizni go‘zallashtiradi,-deydi Alevtina Kojevnikova.

 

Chindan ham shunday.

                                                    Igna bilan quduq qazimoq og‘ir,

                                                    Ilmning qudrati zo‘r, amoli ezgu.

                                                    Zaxmatlar cheksa-da baxtni yaratar,

                                                    Olimlar xizmati mange qoladi!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar75



Filologiya5