O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aliboyeva Zulhumorv

Aliboyeva Zulhumor    Mustaqillik imkoniyatlari tufayli   yurtimizda tibbiyot  sohasini  rivojlantirish  va davolash   muassasalari  moddiy – texnika  bazasini  yaratish , tizimni   yetuk  shifokor kadrlar bilan ta’minlash, ularni tibbiy malakasini oshirish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bu amaliyotlar barchani xayrli maqsadga, inson salomatligi muhofazasiga qaratilgan. Mana shu ezgulikka hissa ko‘shayotgan shifokorlardan biri Jizzax viloyati kardiologiya dispantserining statsionar bo‘limi boshlig‘i “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va “Shuhrat” medali sohibasi Zulxumor Timirovna Aliboevadir.
    Davolash ishlarida salohiyatli, bilimdon kardiolog Z.Aliboyeva 1959 yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida ziyoli oilada tavallul topgan.
    U tumandagi 24 - umumta’lim maktabini 1976 yilda oltin medal bilan yakunlagach, Toshkent davlat tibbiyot oliygohi (hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi)ga o‘qishga kirdi.
    Zulxumor Aliboyeva vrachlik kasbini egallagandan so‘ng, 1982 - 1983 yillarda Jizzax viloyati shifoxonasida internatura o‘tab malakasini oshirdi.
    U 1983 - 1986 yillarda Jizzax shahar 2-son poliklinikasida vrach - kardiolog vazifasida ishladi, 1986 - 1994 yillarda esa shahar 1 - son poliklinikasida mahalla terapevti sifatida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatib, ularning olqishini oldi.
    Zulxumor Timirovna 1994 yildan buyon eng murakkab sohalardan biri bo‘lgan kardiologiya yo‘nalishida mexnat kilib, turli lavozimlarda, ya’ni viloyat kardiologiya dispanserida vrach - reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, ma’lum yillarda esa dispanser bosh vrachi maqomlarida elga xizmat qildi.
    U xozirda statsionar bo‘limini boshqarar ekan, har bir bemorning yuragiga “yo‘l” topishga harakat qiladi. Malumki, muolaja natijasi qachonki xastaga to‘g‘ri tashxis ko‘yilsagina yaxshi samara beradi. Tajribali shifokor Zulxumor Aliboyevaning ko‘ygan tashxisi va davolash usullari bilan ko‘pchilik dardiga davo topib, uni alkab duo qiladilar.
    Yurak - qon tomir tizimi tuzilishi jihatidan nozik va murakkab. O‘rta yoshdagi odamning yuragi bir dakiqada 72 marta, kuniga 100 million marta, yiliga 3 milliard 600 ming marta urib, organizmdagi 75 trillion hujayralarni qon bilan ta’minlar ekan.
    Inson hayoti bo‘lgan yurakning yaxshi ishlashi birinchi zarurat bo‘lgani uchun har bir tirik jon uni ehtiyot qilishi kerak. Afsuski, ba’zida buni uddalash qiyin bo‘lib qoladi. Zamonaviy davo texnologiyalaridan foydalanib, Zulxumor Aliboyeva o‘zidagi bor mahoratni ko‘llaydi va statsionar sharoitidagi bemorlarga uzluksiz yordam ko‘rsatadi, davolash jarayonida zamonaviy texnik jihozlar: Xolter, BEM, SMAD kabilarni ko‘llab, ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.
    Uning sohadagi sa’y - harakatlari davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, qator mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
    Zulxumor Timirovna Xalk demokratik partiyasi a’zosi sifatida ijtimoiy - siyosiy hayotda ham o‘z o‘rniga ega.
    Zulxumor Aliboyevaning farzandlari kasb - korga ega, oliy ma’lumotli. Ug‘li Zafarjon bankda bo‘lim mudiri, kizi Feruzaxon farzandlari tarbiyasi bilan band.
    “Mening muvaffakiyatlarimda, - deydi Zulxumor Aliboyeva, - kaynonam Aliboyeva Nasiba ayaning xizmatlari beqiyos, bevaqt vafot etgan turmush o‘rtog‘imdan so‘ng ular menga nainki ma’naviy ko‘makchi bo‘ladilar, hali kichik bo‘lgan farzandlarimizni parvarish qilib, mening ishlarimga ham sharoit yaratdilar. Men u kishidan bir umr minnatdorman va xizmatlariga shayman”.
    Bu munosabatlar asrlardan buyon saqlanib kelayotgan milliy kadriyatlarimizning bir bo‘lagi hisoblanishi mehr - oqibat ramzi emasmi?!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5