O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimov Holmirza

Holmirza AlimovTarix fanlari nomzodi,dotsent

     1938yil 25 oktyabrda  Rishton tumani  Uyrat qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1947 - 1956 yillarda o‘z qishlog‘idagi  o‘rta maktabda  tahsil oldi. Ikki yil davomida oddiy  kolxozchi  bo‘lib  ishladi.1958 - 1963 yillarda  Farg‘ona  davlat  pedagogika institutining  tarix - filologiya fakultetida tahsil oldi.1963 - 1965yillarda Oltiariq ,1965 - 1968 yillarda esa Rishton tumanidagi o‘rta maktablarda tarix fani o‘qituvchisi va ilmiy  bo‘lim  mudiri lavozimlarida ishladi. Oltiariq, 1965 - 1968 yillarda esa Rishton tumanidagi o‘rta maktablarda tarix fani o‘qituvchisi va ilmiy bo‘lim mudiri lavozimlarida ishladi.
    X.Alimov 1968 yilda Farg‘ona davlat pedagogika ins -  titutining falsafa kafedrasiga ishga taklif etildi. 1970 yilda u Toshkent davlat universiteti aspiranturasiga qabul qilindi. 1973 yilda 1 fevralda tarixshunoslik muammolari bo‘yicha dolzarb bo‘lgan “1938 - 1970 yillarda O‘zbekistonda madaniy qurilish tarixi istoriografiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    1973 - 1975 yillarda Farg‘ona politexnika instituti tarix kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritdi. Xolmirza Alimov 1976 yildan to umrining oxirigacha Farg‘ona davlat pedagogika instituti va Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston tarixi fanidan talabalarga saboq berdi. 20 dan ortiq tarixshunoslik va tarix fani metodikasiga oid ilmiy, ilmiy - ommabop maqolalari e’lon qilingan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5