O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimov Xorisboy Latifovich

Alimov Xorisboy Latifovich     Xorisboy Latifovich Alimov 1958 yil 17 sentyabrda Namangan viloyati Chortoq shahrida tug‘ilgan1975 yili 60 - o‘rta maktabni bitirgan.
    X.L. Alimov 1984 yili Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Namangan filialining qurilish fakultetini bitirib, filialning materiallar qarshiligi kafedrasida o‘z faoliyatini  o‘qituvchi sifatida boshladi. 1987 yilgacha assistent lavozimida ishladi. 1987 — 1990 yillarda ToshPI aspiranturasining kunduzgi bo‘limida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, 1992 yilda “Qoziq poydevorli inshootlarni dinamik xarakterisgikalarini aniqlash” mavzusida nomzodlik dissergatsiyasini muvaffaqiyagli himoya qildi. 1990 yildan boshlab matteriallar qarshiligi va qurilish mexanikaei kafedrasida katta o‘qituvchi va dotsent, 1993 — 1998 yillar mobaynida ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor muovini, 1998 — 2000 yillarda esa ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishladi.
    X.L.Alimov institutda korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari asosida hamda davlat granti bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil etishda salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
    2000 yildan boshlab 2004 yil 1 iyulga qadar qurilish fakulteti dekani lavozimida fakultetdagi ilmiy, ma’naviy - ma’rifiy va ommaviy - tashkiliy ishlarga rahbarlik qildi.
    Olim ilmiy - pedagogik faoliyati davomida bitta monografiya yozgan va kasb - hunar kollejlari uchun bitta darslikning hammuallifidir. Shuningdek, ilmiy - tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 30 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlari respublika va MDH mamlakatlarining ilmiy jurnallarida chop etilgan.
    Ko‘p yillik samarali ilmiy - pedagogik faoliyati va o‘z vazifasiga sadoqati uchun 1998 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorlig‘I” bilan mukofotlangan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5