O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Feruza

Alimova    Feruza    Toshkent Davlat Texnika universiteti, Mexanika - mashinasozlik fakulteti, “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Alimova Feruza Abduqodirovna qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy ishlar qilib, bu soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan olimalardan.
  U 1983 yilda Toshkent irrigatsiyalash va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha mexanik-muhandis ixtisosligini bitirgan.
  Mehnat faoliyatini shu yili O‘rta Osiyo Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrifikatsiyalash instituti (SAIME)da kichik ilmiy xodim lavozimida boshlagan.
  Feruza Alimova 1997 yilda “Obosnovanie parametrov vysevayushego apparata dlya tochnogo vtseva semyan araxisa” mavzuida O‘zbekiston mexanizatsiyalash va elektrlashtirish instituti (UzMEI)da nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu institutda ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
  2003 - 2005 yillarda “Progress-LTD” qo‘shma korxonasida bosh mutaxassis bo‘lib ishladi.
  2006 yildan Toshkent davlat texnika universiteti, Mexanika-mashinasozlik fakulteti, “Yer usti transport tizimlari” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2010 yildan dotsent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
  Ilmiy ishlari “Ekish mashinalarini takomillashtirish” muammolariga bag‘ishlangan. Bu sohada 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan, 6 tadan ortiq ixtirochilik ishlariga 5 ta uslubiy qo‘llanmalariga ega.
  Dotsent Feruza Abduqodirovna “Qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruktsiyalari”, “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari va mashinalari”, “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish mashinalari nazariyasi va loyihalash”, “Traktorlarni ishlab chiqarishning ilmiy asoslari” va boshqa fanlardan bakalavriat va magistratura talabalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va tajribasini oshirish tarmoq markazidagi tinglovchilariga dars beradi.
  Feruza Alimovaning tashabbus va rahbarligida YeUTT kafedrasida pnevmatik ekish apparati, OVX - 600 purkagichi, o‘g‘itlash apparati laboratoriya stendlari tadqiq qilingan va loyihalangan. Bundan tashqari olima “Kichik tuproq kanali” laboratoriya stendini takomillashtirish va yurg‘izib yuborish ishlarini olib boradi. Loyihalangan stendlardan muvaffaqiyatli ravishda ilmiy tadqiqot va o‘quv maqsadlarida foydalaniladi.
  Dotsent Feruza Alimova 4 dan ortiq xalqaro va 12 dan ortiq respublika ilmiy anjumanlarida ishtirok etgan. U o‘zining pedagogik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va texnik ekspluatitsiyasi bo‘yicha mutaxassislik mahoratini oshirib bormoqda. O‘zbek va rus tillarida mukammal suratda, ingliz tilida kuchaytirilgan darajali bilimlariga ega. Xorijiy texnik adabiyotlardan moxirona foydalana oladi.
  MMFning ijtimoiy tadbirlarda va talabalarning tarbiyaviy ishlarida faol qatnashmoqda. O‘zbekiston Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash va Elektrifikatsiyalash Institutida ekish texnikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining konsultanti.
  Feruzaxon - oilali, 2 o‘gli, 3 nafar nabirasi bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5