O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Halimaxon

     Texnika fanlari doktori, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti professori Alimova Halimaxon Alimovna Respublika miqyosida taniqli olimalardan. Alimova Halima 1961 yil Toshkent To‘qimachilik institutini tugatib, “Ipak texnologiyasi muhandisi” oliy ma’lumoti bilan Marg‘ilon ipak kombinatida smena masteri lavozimida mehnat faoliyatini boshlab, kombinat rahbarlaridan biri darajasiga yetishgan. 1970 - 1990 yillari Respublika miqyosida mehnat kilib, jumladan, O‘zbekiston yengil sanoat vaziri o‘rinbosari, Davlat plan qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Respublika kasaba uyushmalari kengashi raisi lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatib, Respublika oliy kengashlari deputatligiga saylangan. “Hurmat belgisi” ordeni va uch marta “Fidokorona mehnati uchun” medali bilan taqdirlangan.
  Professor Alimova Halimaxon 1990 - 2005 yillari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori, hozirgi davrgacha “Ipak texnologiyasi” kafedrasi professori lavozimida mehnat qilib kelmokda. Olima qaysi lavozimlarda ishlashidan qatti nazar, ipak ishlab chiqarish va uni qayta ishlash tehnika - texnologiyasini rivojlantirishga, chiqindisiz texnologiyasini yaratishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borib, natijalarini ishlab chiqarishga joriy etib, texnika fanlari nomzodi, texnika fanlari doktori darajasiga, professor unvoniga erishdi. Chop etgan ilmiy ishlari 300 ga yaqin bo‘lib, jumladan: 5 ta monografiya, 2 ta darslik, 48 ta patent, bir qator chet el nufuzli ilmiy - texnik jurnallar, Xalkaro konferentsiya materiallarida, 64 ta texnika fanlari doktori, 10 ta texnika fanlari nomzodi tayyorlagan. Hozirgi davrda bir qator shogirdlari, izlanuvchilar hamkorligida “Ipakning nanotexnolgiyasi” asosida foydali xususiyatli polikomponentli ishlar, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir va tibbiyotda qo‘llaniladigan ipakli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish usullari va texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqda.
  Hozirgi davrda Alimovna Halimaxon kordinatorligida O‘zbekistondagi turdosh oliy o‘quv yurtlari olimlari va Germaniyaning Dortmund texnik universiteti professorlari bilan hamkorlikda “Volkswageh Stifting” fondining byudjetiga sazovor bo‘lib, “Buyuk ipak yo‘li Milliy to‘qimachilik qadriyatlari madaniy va iqtisodiy manba” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
  Taniqli olima Halimaxon Alimova Xitoy “Sechuan to‘qimachilik va qog‘oz texnologiyasi” universitetining, Rossiya Ivanova to‘qimachilik institutining “faxriy professori” va Xalqaro oilalar tinchlik uchun tashkilotining “Tinchlik - erkin ezgulik elchisi” (Posol Mira. Dobroy voli), Xalqaro to‘qimachilik akademiyasining akademigi faxriy unvonlariga ega.
  Alimova Halimaxon TTYeSI rektorlik lavozimida ishlagan davrlarda xalqaro aloqalarni rivojlantirib, kafedralarni ilmiy - o‘quv moddiy zaxiralarini zamonaviy dastgohlar, uskunalar bilan ta’minlashga qaratib, turli byudjetlarni jalb qildi. Chet el investitsiyalari evaziga Yaponiyaning “NAKAGOSHI”, “NARADA”, “SHIMADZU”, “KOKOBUN”, “MURATA” firmalarining ipak chuvish, qo‘shib eshish, kayta o‘rash avtomatlari, Germaniyaning “TRUTZSCHLER”, “SAURER”, “SCHLAFHORST” yigirish dastgohlari, Italiyaning “SOMYeT” firmasining to‘quv dastgohlari, Shvetsariyaning “VYeNIGER” randalash mashinashinalari va boshqa bir qancha dastgohlar o‘rnatilib, SNG turdosh oliy o‘quv yurtlari ichida yagona “Sertifikat laboratoriyasi” tashkil etildi. Shu davrda tuzilgan shartnoma va byudjetlar asosida chet el oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy laboratoriya va markazlarda 300 ga yaqin institut professor - o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar, izlanuvchilar o‘z tajribalarini oshirdi. Natijada Respublikadagi 64 ta oliy o‘quv yurtlari ichida, 8 yil davomida TTYeSIning reytinga birinchi o‘rinda saqlanib turdi.
  Professor Alimovna Halimaxon hanuz yoshlarning zukko, bilimdon, sevimli ustozi. Katta bir xonadonning oqila bekasi, mehribon onajonisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya5