O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Rahimaxon

Alimova Rahimaxon    Rahimaxon Alimova 1967 yil 6 martda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. Uch yoshidan Toshkent shahrida ulg‘ayib, maktabdan so‘ng ToshMIning stomatologiya fakultetiga o‘qishga kiradi va 1989 yili institutni a’lo baxolar bilan imtiyozli diplomga bitiradi.
  Dastlab Toshkent shaxar 1 - bolalar stomatologiya poliklinikasida vrach stomatolog - ortodont bo‘lib ish boshlaydi. Shu joyda bo‘lim boshlig‘i, bosh shifokor o‘rinbosari vazifalarida bolalar tishini davolash bilan birga, kasallikning oldini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib boradi. 2001 yili “Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi” maktab dasturining “bolalar tish kariesi profilaktikasiga ta’siri samaradorligi” mavzusidagi tibbiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  Rahimaxon amaliyot shifokori bo‘lishi bilan birga 1 - ToshMIning stomatologiya kafedrasida, so‘ngra Respublika vrachlar malaka oshirish institutida assistent, hozir esa dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.
  Bolalar tishini davolashni yanada samarali olib borish maqsadida 2004 yili respublikada yagona “ChilDent” mas’uliyati cheklangan bolalar stomatologik klinikasini tashkil etdi va uni malaka oshirish institutining eng zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan bazasiga aylantirdi.
  Rahimaxon o‘z ustozlari bilan birgalikda viloyatlardan malaka oshirishga kelgan stomatolog shifokorlarga yaratilgan yangi uslub, davolashdagi orttirilgan tajribalarini o‘rtoqlashadi, chop etgan qo‘llanmalarini tavsiya qiladi. Tajriba almashadi, doimo maslaxatlashadi.
  Oilada pazanda, uch farzandiga havas qilguday tarbiya bermoqda. Amaliy va ilmiy ishlarini uddasidan chiqibgina qolmasdan, jamoa ishlarini xam faol olib borayapti.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5