O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimova Raxima G‘ayratovna

Alimova Raxima G‘ayratovna    Tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali vrach - stomotolog Alimova Rahima G‘ayratovna o‘z hayotini ilm bilan bog‘lagan, bilimi, halol mehnati ortidan obro‘ - e’tibor topgan, bag‘rikeng, olijanob insonlar zurriyodi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u shifokorlik kasbini tanlasda ilmga bo‘lgan qiziqish, bu yo‘ldagi intilishlar uni ilmiy ishlar qilishga, yana o‘qib - o‘rganishga chorlagan bo‘lsa ajab emas.
    Rahima Alimova 1989 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot instituti stomatologiya fakultetini tugatib, 1992 yilgacha institutda klinik ordinaturasini o‘tagan. 1992 - 2003 yillari Yakkasaroy tumanidagi birinchi Bolalar stomatologiya poliklinikasida stomatolog ortodont, bo‘lim boshlig‘i va bosh vrach o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. Stomatologiya poliklinikasida samarali ishlash bilan bir vaqgda ilmiy izlanishlar olib borib, 2002 yili “Effektivnost shkolnoy programmm “Gigiena polosti rta” v profilaktike kariesa zubov u detey” - Stomatologiya  ixtisosligi bo‘yicha meditsina fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2007 yili dotsentlik unvoniga ega bo‘ldi.
    Mustaqillik bergan ne’matlardan unumli foydalangan professor Rahima G‘ayratovna nazariy bilimga va oliy tajribaga ega, oliy toifali vrach - stomatolog sifatida 2004 yili Respublikada birinchi xususiy bolalar stomatologiya “Childent” klinikasini ochdi va mazkur klinikada ToshVMOI “Ortodontiya va bolalar stomatologiya” kafedrasining zaxirasini tashkil etdi. Klinikada hozirgi kunda 10 ta stomatologik xonalar mavjud. Rahima Alimov ToshVMOI “Ortodontiya va bolalar stomatologiya” kafedrasida 2004 yildan assistent, 2005 yildan dotsent va 2010 yildan professor va 2015 yildan hozirgacha kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Ilmiy izlanishlari natijalarida 90 gacha yaqin ilmiy maqolalar, bitta monografiya, uslubiy qo‘llanmalar va ommabop risolalar chop etgan. Ilmiy izlanishlar asosida “Klinikogigienicheskoe obosnovanie pritstsipov profilaktiki pobochniyx vozdeystviy breketsistemiy na tkani zubov i parodonta” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini 2008 yilning 18 dekabrida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    Rahima Alimova jamoa ishlarida juda faol, 2005 - 2010 yillar mobaynida Respublika stomatologlar assotsiatsiyasiniig akadem sektori kotibi bo‘lib ishladi, 1993 yildan hozirga qadar XDPning boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. 2013 yildan vrach - stomatologlarning davriy Attestatsiya o‘tkazish komissiyasining a’zosi bo‘lgan. Respublika “Olima” ayollar uyushmasining a’zosi. 2015 yildan Respublika stomatologlar assotsiatsiyasining prezident o‘rinbosari. OAK dastomatologiya yo‘nalishida retsenzent vazifasini olib bormoqda.
    Rahima Alimova sira tinim bilmaydi, yumushlari ko‘p bo‘lsada o‘qib - o‘rganishdan, izlanishdan, yangilik sari olg‘a intilishdan charchamaydi. Bir maqsadiga erishsa, oldinda yana yangilari paydo bo‘laveradi. Muhimi u shifokor, olima sifatida bolalar salomatligini asrash, o‘z sohasiga oid turli kasalliklarning oldini olish, davolash usullari haqida tinmay qayg‘uradi, shu yo‘lda mehnat qiladi.
    Rahimaxonning uchta farzandi, 3 nafar nabirasi bor.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5