Oila mehr o‘chog‘i... Biz avvalo voyaga yetgan oilamiz bag‘rida, mehribon ota - onamizdan iliq mehrning taftini his etib katta bo‘lamiz. Ular bizga ana shu mehr bilan birga hayotga yo‘llanma ham beradilar, oq - qorani tanitadilar, eng yaxshi xislatlari, o‘zlarining yurish - turishlari, hayotga qizqishlari, hatto jamiyatda tutgan o‘rinlari bi- lan bizga ibrat bo‘la oladilar. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ”Marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Alimxodjayeva Nargiza Elshodovna ham ana shunday ibrat bo‘lsa arzigulik, ilmli, bag‘rikeng insonlarning farzandi. Otasi Nabiyev Elshod Ganiyevich - iqtisod fanlari doktori, professor. Onasi Nabiyeva Aqida Nig‘matullayevna - Xalq maorifi a’lochisi, pedagog. Yosh Nargiza ilk bora kitoblarga muhabbatni, ilmni qadrlashni, ilmni e’zozlagan, halol mehnat qilgan insonlarni el - yurt ham e’zozlashini ana shu oilasi, ota-onasi misolida ko‘rib, havas bilan voyaga yetdi. Vaqti kelib bugun o‘zi ham yosh bo‘lsada, pedagog, olima degan sharafli nomlarga sazovor bo‘lganidan xursand va albatta, uning bu ilm bilan nurafshon hayot tarzidan, erishayotg‘an muvaffaqiyatlaridan oilasi, ota - onasi mamnun.
Nargiza Alimxodjayeva Toshent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshidag‘i iqtisodiyot litseyini 1995 yilda a’lo baholar bilan tamomlagan. Shu yili u Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetining “Xalqaro biznes” fakultetiga o‘qishga kirib, uni 2000 yilda bitirdi.
Nargiza Alimxodjayeva o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Toshent davlat iqtisodiyot universitetining “Marketing” kafedrasida boshlagan. 2002- 2004 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitet aspiranturasida o‘qigan.
Yosh olima 2011 yilda Marketing ixtisosligi bo‘yicha “To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni marketing tadqiqotlari asosida muvofiqlashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tadqiqotlar natijasi, ilmiy ishlarini jam qilib ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari chop ettirdi. Jumladan, iqtisod fanlari nomzodi Nargiza Alimxodjayeva tomonidan 30 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan.
Yosh olima mehnat faoliyati davomida respublika, universitet va fakultet miqyosidagi jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelmoqda. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda va seminarlarda faol qatnashib keladi. Shuningdek, Nargiza Alimxodjayeva pedagog sifatida ham ancha tajribaga ega. O‘zining intiluvchanligi, kasbiy mahorati, bilimi ortidan talabalar, hamkasblari hurmat - e’tiborini qozongan.
Iqtisod fanlari nomzodi, olima Alimxodjayeva Nargiza Elshodovna tomonidan chop etilgan asosiy ilmiy ishlar quyidagilardan iborat :
To‘qimachilik mahsulotlari bozorining‘ xorijiy marketing tadqiqotlari tajribasi va undan foydalanish yo‘llari. Iqtisodiyot va ta’lim jurnali.- T, 2010; Spetsifika marketipgovoy strategii v sfere proizvodstva i realizatsii tekstilnoy produk - tsiy Uzbekistana. Tezism dokladov. - Moskva, 2011; To‘qimachilik mahsulotlari bozorini segmentlash. -T.”Akas1et1ua”, 2011; To‘qimachilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: muammolar, rivojlanish istiqbollari. Respublika ilmiy- amaliy anjumani ma’ruza tezislari to‘plami.-T: 2011. 141-142 b.;Introduction to markrting research. Ishlab chiqarish sohasida marketing - faoliyati samaradorligini oshirish muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy - amaliy anjumanining ilmiy maqolalar va ma’ruza tezislari to‘plami.-T.,2014; Marketing tadqiqotlari jarayonida maqsadli bozor segmentlarini shakllantirish va rivojlantirish. Iqtisod va ta’lim jurnali.- T, 2015; To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni marketing tadqiqotlari asosida muvofiqlashtirish. Monografiya. -T.,2015; Marketing kommunikatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2015.
Alimxodjayeva Nargiza Elshodovna hali yosh bo‘lsada ilm-fan olamida o‘z izini qoldirishga urinayotgan, hali katta yo‘llar oldida turgan yosh, iqtidorli olima. Demak, izlanuvchan olimaning hali aylajak so‘zlari, qilajak ishlari oldinda talay...