O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Alimxodjayeva Paraxat

    Alimxodjayeva Paraxat Rustamovna, 5 - may, 1943 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent Tibbiyot akademiyasi tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi  professori, biologiya fanlari doktori.
    Toshkent davlat meditsina institutining davolash fakultetini imtiyozli tugatgan Paraxat Alimxodjayevaning oldida ikkita yo‘l turardi.  Biri  - tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga borib shifokorlik qilish, ikkinchisi ustozlari ko‘rsatgan yo‘l - institutda qolib, ilmiy ish qilish.
    Qizim, - dedi otasi Rustam aka, - institutni a’loga tugatding, diplom rahbaring nihoyatda bilimli qiz, sohasi rivojiga hissa qo‘sha oladigan iqtidorli olima bo‘ladi, dedi. Demak, seni o‘rning shu yerda qolib, ustozlaring ishonchini oqlash. Bizni yuzimizni yorug‘ qilish.
    Bu ishonch  Paraxatning dilidagi  shubhalarni  tumanday tarqatib  yubordi. O‘ziga bo‘lgan ishonchini  kuchaytirdi. U Tibbiyot, biologiya va genetika kafedrasida assistent lavozimida ishga qoldi. Yana qaytadan o‘qishni boshladi. Tibbiyot ilmi cheksiz ummonligini, u nihoyatda jiddiy fanligini, bu fan tabiatning eng ardoqlisi bo‘lgan insonga xizmat qilishini dil - dilidan anglagach esa tanlagan kasbidan faxrlandi. Inson sog‘lig‘i salomatligi daxlsizligi uchun murakkab tajribalarga bardosh berayotgan jonivorlarga nisbatan  qalbida bir iliqlik tuydi.
    1972 yilda “Qushlardagi qon va qon hosil qilish azolarining fasllarda va radiatsiya ta’siridagi ko‘rinishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Talabalar orasida dono va talabchan ustoz sifatida hurmat qozondi.
    1985 yilda Paraxat Rustamovnaga katta o‘qituvchi, 1988 yilda esa dotsent ilmiy unvoni berildi. 1966 yildan 2005  yilgacha kafedrani boshqardi. 1 dekabr 2005 yildan boshlab to shu kungacha  ToshTA Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.
    2002 yilda “Umurtqali hayvonlarning  immun tizimi a’zolarini  onta - filogenezda va gidrokortizon ta’siridagi sitofunksional tahlili” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli  himoya qildi.
    Olima Paraxat Rustamovna respublikamizda dolzarb bo‘lgan umurtqali hayvonlarning immun tizimi azolarining onto - filogenezda hamda gidrokartizon ta’sirida o‘rganib, amaliyotda muhim bo‘lgan jarayonlarni aniqladi.
    Ko‘p yillik pedagogik ish faoliyatida tibbiyot instituti va kollejlari  talabalari uchun 10 ta darslik yozdi. Tibbiyot, biologiya va genetikadan talabalar  uchun   34 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, rus va o‘zbek  tillaridagi ma’ruza matnlarni nashr qildi.
    2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus  talim vazirligi va “Istedod” jamg‘armasi tomonidan  o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi”  respublika tanlovida P. Alimxodjaeva yaratgan “Tibbiy genetika” darsligi  III darajali, 2009  yildagi xuddi shu tanlovda esa “Meditsinskaya biologiya i genetika” darsligi II darajali  diplom bilan taqdirlandi. 
    U rahbarlik qilayotgan kafedrada o‘quv uslubiy ishlar  ilmiy tadqiqot  ishlari bilan uzviylikda amalga oshirilmoqda. Bu ilmiy ishlar natijalari   o‘laroq  100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Paraxat Rustamovna tibbiy genetika  bo‘yicha magistrlar direktori. U bu yerda malaka oshirayotgan tibbiyot  institutlarining professor - o‘qituvchilariga tibbiy genetika fanidan ma’ruzalar o‘qiydi. Ularning savollariga  misollar asosida atroflicha, batafsil javob berishga harakat qiladi.
    Olima bir on ham izlanishdan to‘xtagani yo‘q. U kafedraning  ilmiy - uslubiy, ilmiy tadqiqot  ishlarini  to‘liq bajarilishida  bosh - qosh. Ustoz tibbiy biologiya fani bo‘yicha reyting tizimini ko‘rib chiqdi, test nazoratini, 091 usulida oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazishni joriy qildi.
    Professor Paraxat Rustamovna fakultet va akademiyaning jamoat ishlarida faol. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioximiya instituti  qoshidagi  D.015.16.01. “Bioximiya va hujayra  biologiyasi” da doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilishga ixtisoslashgan kengashning, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashi, tibbiyot - biologik kafedralari kengashi a’zosi.
    Atoqli olima, tajribali pedagog Alimxo‘jayeva bugungi kunda ham qizg‘in  ijodiy mehnat quchog‘ida. Tibbiyot akademiyasi o‘quv - uslubiy va ilmiy muammolar hay’ati a’zosi, tibbiyot biologiya va genetika fanining monomotik hay’ati raisi, tibbiy pedagogika fakulteti ilmiy kengashi a’zosi Paraxatxonimning bir zum ham bo‘sh  vaqti yo‘q. Hamisha yangi - yangi rejalar tuzib, ertaga umid va ishonch bilan intilib yashaydi. Bazi muammolarni hal qilishda esa ikki yonida turgan farzandlari, onasi izdoshlariga aylanib  ulgurgan tibbiyot fanlari nomzodlari yordamga keladi. Oilasidan ham, jamoasidan ham omadi chopgan baxtli olimamizga biz ham, mana shu g‘ayrat va ishtiyoq sizni hech qachon tark etmasin, deymiz. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5