Alisher Haydaraliyevich Alinazarov 1958 - yil 14 - aprelda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilgan.
1965 - 1975 yillarda Chust shahridagi 1- o‘rta maktabda tahsil olgan.
1975 - 1980 yillarda Beruniy nomli Toshkent politexnika institutida o‘qigan.
1980 - 1992 yillarda Farg‘ona Politexnika institutida assistent, katta o‘qituvchi, bo‘lib ishlagan.
1985 — 1988 yillarda Novosibirsk muhandislik - qurilish instituti aspiranturasida tahsil olib, “Yuqori darajada to‘ldirilgan kultsementli kompozitsiyalarning tadqiqi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
1992 — 1995 yillarda Namangan sanoat - texnologiya institutida (hozirgi NamMPI) muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi dotsenti, so‘ngra mudiri lavozimlarida ishlagan.
1996 — 1999 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti doktoranturasida o‘qidi.
1999 - yildan hozirga qadar Namangan muhandislik - pedagogika instituti muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
A. Alinazarov 120 ta ilmiy - uslubiy ishlar, shu jumladan, 2 ta monografiya, 2 ta risola, 10 ta ixtiro uchun patent, 50 dan ortiq xorijda (AQSh, Rossiya) chop etilgan ilmiy maqolalar muallifidir. A. Alinazarov kasb ta’limi “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishi bo‘yicha respublika tahririy kengashi raisi sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Olim ayni kunlarda “Kultsementli kompozitsiyalarga quyosh issiqlik kimyoviy ishlov berish” mavzusidagi davlat granti ishlari bo‘yicha rahbar, shuningdek, ‘Quyosh energiyasidan foydalanishning ekologik maqbul texnologiyalari” yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.