O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Aliqoriyeva A’loxon

Aliqorieva  A’loxon    Toshkent Irrigatsiya va Qishloq  xo‘jaligini  mexanizatsiyalash  injenerlari institutini imtiyozli tugatgan, iqtisodchi-muhandis kasbini egallagan Aliqorieva  A’loxon ilmning mashaqqatlarini his qilib, unga mehr qo‘yib ilm yo‘lini tanlagan olimalardan.
    Kibernetika institutining kunduzgi aspiratura bo‘limini tugatgan A’loxon Aliqorieva shu yerda kichik ilmiy xodimi sifatida o‘z ish faoliyaini boshlagan, so‘ngra O‘zbekiston Milliy universiteti "Sotsiologiya" kafedrasi ilmiy xodimi, o‘qituvchi hamda katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2012 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya va ijtimoiy ish" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda.
    O‘tgan davr mobaynida A’loxon Aliqorieva Davlat Fan-texnika qo‘mitasi tomonidan aj- ratilgan 4 ta byudjet bo‘yicha qator sotsiologik tadqiqotlar olib borgan. U O‘zMU qoshidagi Oliy Pedagogika Institutida Sotsiologiya yo‘naashshi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini bitirib, yo‘nalish diplomini olgan.
    Hozirda A’loxon Aliqorieva ota-ona kasbini davom ettirib kelmokda. Otasi - N.S.Aliqoriev iqtisod fanlari doktori, professor. Onasi - R.A.Bahramova tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
    A’loxon Nuriddinovna "Sotsiologiya", "Mehnat sotsiologiyasi", "Ta’lim sotsiologiyasi", "Yoshlar sotsiologiyasi", "Konflikt sotsiologiyasi", "Personalni boshqarish", "Ijtimoiy ish nazariyasi va uslubiyati", "Ijtimoiy ishning huquqiy, iqtisodiy asoslari va menejmenti" kabi fanlardan ma’ruza va amaliyot darslarini olib bormoqda.
    Olima bir necha yil olib borilgan ilmiy ishlar natijasiga tayangan holda zamonga mos ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, eng dolzarb' masalada, ya’ni "Oliy o‘quv yurtlarida sotsial boshqaruv mexanizmlarini yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish" mavzusida Madaniyat, ta’lim va fan sotsiologiyasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini 2012 yilda himoya qilgan.
    A’loxon Aliqorieva ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari asosida 100 ga yaqin maqolalar chop etdi. Shulardan 45 ta respublika, 9 ta xorijiy va 21 ta O‘zMU konferentsiyalarida, 15 ga yaqin ilmiy jurnallarda tezis va ilmiy maqolalar, 2 ta ma’ruzalar matni va 1 ta qo‘llanma hammullifliqda, hamda 3 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.
    A’loxon Nuriddinovna 3 kurs talabalariga murabbiy, kafedrada ilmiy ishlar bo‘yicha mas’ul, 4 ta bakalavr va 1 ta magistrlik dissertatsiyasiga rahbar va ustozlik qilib, guruhdagi talabalarni ma’naviy va ta’lim darajasini ko‘tarishga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shmoqda. Olima o‘zining iysoniyligi va mehnatsevarligi bilan ilm ahliga tanildi. U kafedra, fakul’tet va universitetning barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
    A’loxon Aliqorieva ilmiy, pedagogik faoliyati bilan bir qatorda oilasining sarishta bekasi, yaxshi rafiqa va mehribon ona hamdir. Uning turmush o‘rtog‘i xususiy tadbirkor, o‘g‘illari Olimxon - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Akbarshox — vrach urolog-androlog, Asilbek — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistri. Demak, oilaviy an’ana - ilmga bo‘lgan muhabbat, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish, halol mehnat, mehru oqibat xislatlari farzandlarda davom etmoqda. Zero, ilmli buvi-yu dodajonlar, ota-onaning ibratli hayoti yoshlar uchun hamisha o‘rnak bo‘la oladi.
    A’loxon ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk, ilmiy jihatdan kamolga yetgan olima, tajribali pedagoglar sarasidan. A’loxon Aliqorieva istiqlolimizni mustahkamlashda, sotsiologiya fanini rivojlantirishda va targ‘ib qilishda o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya10